Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati hokim Jahongir Ortiqxöjayevning yoşlar bilan uçraşuvda volontyorlar haqida bildirgan fikrlari töliq videosini taqdim etdi.

Uçraşuvdan dastlabki reportaj 17 noyabr kuni hokimlikning rasmiy Telegram-kanalida e'lon qilingan edi. Unda poytaxt rahbari yoşlardan birining volontyorlar uyuşmasini tuziş haqidagi taklifiga javoban, volontyorlar faoliyatiga nisbatan şubha bilan qaraşini aytgani körinadi.

Ortiqxöjayevning bu gaplari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgaç, 18 noyabrda uçraşuvning şu savol-javob qismi töliq aks etgan video e'lon qilindi.

Töliq videodan ma'lum bölişiça, şahar hokimi hokimiyatning tadbirlariga volontyorlar yetişmayotgani, lekin tovar yoki pul bilan boğliq işlarga kelganda «volontyorlar haddan ortiq köpayib ketayotgani»ni aytadi.

U volontyorlar beğaraz yordam berişni maqsad qilganmi yoki daromad olişni, degan savol uyğonişiga sabab bölgan misolni keltiradi: «Misol uçun, bizning kovid-sentrimizda volontyorlar işladi. Volontyormiz deb kelişdi, lekin 8 milliondan oylik oldi. Tuşuntira oldimmi?»

Jahongir Ortiqxöjayev kovid-markazida işlagan volontyorlarga e'tirozi yöqligini ta'kidlab, şu bilan birga «volontyor bölsa, nimaga haq sörayapti» degan savolni ham örtaga taşlaydi.

Bu masalani «körib çiqiş, buni çuqur öylab köriş» haqida gapirganda esa, u volontyorlar faoliyatini emas, Volontyorlar uyuşmasini taşkil etiş böyiça bildirilgan taklifni nazarda tutgan.

Hokim agar notöğri gapirayotgan bölsa uzr söraşini, volontyorlik deganda özi nima tuşunilişini unçalik ham yaxşi bilmasligini ta'kidlab ötgan. Körinadiki, şahar hokimligi axborot xizmatining dastlabki videosi rahbarning sözlari birmunça notöğri talqin qilinişiga olib kelgan.

Hokimlik axborot xizmati vakili holat yuzasidan Kun.uz`ga izoh berdi.

«Dastlab videoning kiçik variantini bölib ötgan tadbirning qisqaça lavhasi sifatida kanalimizga joyladik. U boşqaça talqin bilan tarqalib ketgani uçun köpçilik Jahongir Obidoviçning sözlarini notöğri tuşundi.

Hokim volontyorlik harakatini qoralamagan, unga biror qarşilik bildirmagan. Faqat volontyorlik niqobi ostida harakatlanuvçilardan ehtiyot böliş şartligini nazarda tutgan.