Kun.uz muxbiri Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Maqsud Yöldoşev bilan Qonunçilik palatasi majlisida röy bergan holat yuzasidan suhbatlaşdi.

– Parlament majlisidagi holat qanday sodir böldi?

– Bugun soat 10dan boşlab bir vaqtning özida ikkita videokonferensiyada qatnaşişimga töğri kelib qoldi. Şogirdimiz ilmiy işini himoya qilayotgandi. Bizda ilmiy kengaş bor doktorlik işlari böyiça. Bitta kompyuterda ilmiy kengaşning yiğilişiga ulangan bölsam, ikkinçisida parlament majlisini kuzatib bordim.

Yiğilişlarda xonadan ötirib qatnaşgandan keyin parallel ravişda boşqa işlarniyam bajarib ketaverasiz-da. Qonunçilik palatasi majlisida deputatning savoliga javob bergandan söng kamerani öçiribman-da, mikrofonni öçiriş yodimdan çiqibdi.

Şu payt tanişimdan qönğiroq bölib qoldi. Mikrofon yoniq bölgani uçun töğridan töğri efirda uşbu muloqotimizning bir qismi eşitilgan. Telefondagi sözlaşuv şaxsiy muloqot bölib, buning deputatlar savoliga bergan javoblarimga heç qanday aloqasi yöq.

Deputatlarga bergan har bir javobim asosli, bu tizimda bölayotgan narsa. Masalan, oktabr–noyabr oylarida 1700ta bitim imzolandi deganlarim, davlat xususiy şerikçilikka yönaltirilgan mablağlar, bular hammasi amaliyotda bölib kelayotgan narsalar. Telefondagi suhbat paytida aytilgan gapimizga bularning umuman aloqasi yöq. Agar kimdadir bunga şubha böladigan bölsa, deputatlarga bergan javobimda aytgan ma'lumotlarimning barçasini asoslab, isbotlab berolaman.

– Demak, «Obqoçişga majburmiz endi, nima qilamiz?», degan sözlaringiz Oliy Majlisdagi çiqişingizga aloqador emas, şundaymi?

– Ha, bu sözlarning deputatlarga berilgan hisobotga heç qanday aloqasi yöq. Masalan, men öşa yerda moliyalaştirilmagan bitimlarga qayerdan resurs kelişi töğrisidayam gapirdim. Jumladan, Saudiya rivojlantiriş fondi 11 mln dollar ajratmoqda. Bu bor narsa. Bitimlar allaqaçon kelişilgan. Moliya vazirining örinbosari hukumatdan mas'ul qilib belgilangan. Bitim Saudiya fondi tomonidan imzolangandan keyin yil yakunigaça 11 mln dollar keladi. Bu fakt. Şu sababli telefondagi suhbatda aytilgan jumlalarni biz bergan hisobotga boğlaş mutlaqo notöğri böladi.

Xuddi şuningdek, Moliya, Investitsiya va Taşqi savdo vazirliklari bilan hamkorliklar Kuvayt fondidan yoki Islom taraqqiyot banki bilan amalga oşirilmoqda. Aynan davlat xususiy şerikçilikka ular investitsiya ajratişga rozilik bildirgan. Lekin bu borada ma'lum bir protsedura bor. Bu mablağ bizga kelgunça hukumatlar örtasida imzolanadigan hujjatlar bor. Bu jarayonlar oxiriga yetişi bilan pul keladi. Şuning uçun men aytdimki, şu mablağlar yetib kelgandan keyin qolgan tadbirkorlarga bosqiçma-bosqiç beriladi.