Qonunçilik palatasi matbuot xizmati rahbari Xojiakbar Tölaganovning Kun.uz'ga xabar berişiça, yiğilişda quyidagi vazifalarning yeçimi yuzasidan qilingan işlar samarasi va natijadorligi körib çiqiladi:

  • Yöllarda yöl-transport hodisalarining sodir etilişi, tirbandlikning hosil bölişiga imkon beruvçi sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş, yöl harakati qoidalarini buzilişi profilaktikasi tizimini takomillaştiriş;
  • yöllarni saqlaş va ularni yöl belgilari, axborot körsatkiçlari va boşqa texnik vositalari bilan jihozlaş böyiça örnatilgan talablarga rioya etilişini ta'minlaş;
  • yoşlarning yöl harakati qoidalari bilan boğliq bilimlarini oşiriş, ularda xavfsiz va qonunga itoat qiliş xulq-atvori könikmalarini şakllantiriş;
  • fuqarolarga davlat xizmatlarini körsatişning soddalaştirilgan tartib-taomillarini nazarda tutuvçi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qöllaş;
  • içki işlar organlari yöl harakati xavfsizligi bölinmalarining xodimlari xizmat vazifalarini lozim darajada bajarişi ustidan nazoratni kuçaytiriş, ular orasida korrupsiya va vakolatni suiiste'mol qiliş xolatlarini oldini oliş va boşqalar.

«Qömitaning kengaytirilgan yiğilişi yakuni böyiça yöl-harakati xavfsizligi tizimini yanada takomillaştiriş yuzasidan normativ-huquqiy xujjatlar loyihalarini ham işlab çiqiş rejalaştirilmoqda.

Şu bois, fuqarolarimizdan uşbu masalalar yuzasidan öz taklif va tavsiyalarini bevosita Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qömitasiga yoki [email protected] elektron poçta manziliga yöllaşlarini sörab qolamiz», – deyiladi xabarda.