Pokiston boş vaziri Imron Xon Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani taklifiga binoan payşanba kuni ilk marta Kobulga bordi.
Afğoniston taşqi işlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va Aşraf Ğanining Pokistondagi maxsus vakili Umar Daudzay Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportda mehmonni kutib olgan.
Afğoniston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Graan Xevadning aytişiça, Pokiston boş vaziri mamlakatning tinçlik jarayonidagi örni töğrisida Afğoniston rahbariyati bilan fikr almaşgan.
«Asosiy e'tibor Pokiston va Afğoniston örtasidagi birodarlik, ikki tomonlama munosabatlar hamda Afğonistondagi tinçlik jarayoni, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanişni yanada çuqurlaştirişga qaratiladi», deyilgan Imron Xon taşrifi oldidan e'lon qilingan bayonotda.
Sobiq professional kriket öyinçisi Imron Xon 2018 yildan Pokiston boş vaziri bölib işlab keladi. Bu uning Afğonistonga ilk taşrifi böldi. Imron Xon Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bilan 2019 yilda Islomobodda körişgan. Bu galgi taşrifda ham asosiy masala Tolibon bilan tinçlik muhokamasi böldi. Afğoniston uçun asosiy siyosiy muammo bölgan Tolibon harakatining Pokistonda harbiy bazalari mavjud, şu sabab Afğoniston va Pokiston örtasidagi munosabatlar prinsipial ahamiyatga ega.

















