«Bemorni "uç"ga davolab bölmaydi». Saudiyaga ketgan şifokor – tibbiyotdagi muammolar va rivojlaniş yöllari haqida
|00:47 / 23.11.202043 09427 min
3 noyabr kuni Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov lavozimini tark etdi, uning örnini Abduhakim Hojiboyev egalladi. 6 noyabr kuni ötkazilgan soğliqni saqlaş masalalariga bağişlangan videoselektorda prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot tizimini tubdan isloh qiliş kerakligini ta'kidladi va sohadagi boşqa masalalarga e'tibor qaratdi.
Saudiya Arabistonining Madina şahridagi Qirol Fahad şifoxonasida anesteziolog-konsultant sifatida faoliyat körsatayotgan özbek şifokori – tibbiyot fanlari doktori Abror Akmalov bilan Özbekiston tibbiyotidagi muammolar va ularning yeçimlari haqida suhbatlaşdik.
«Özbekistonda şifoxonaga iş tuşganda albatta yaxşi şifokor izlaşga töğri keladi»
– Abror aka, ayni paytda Saudiya Arabistonida faoliyat yurityapsiz. Öz faoliyatingiz va kuzatuvlaringiz asosida ikki davlat tibbiyoti örtasidagi farq nimalarda deb öylaysiz va aynan qaysi jihatlarni Özbekistonga moslaştiriş mumkin deb hisoblaysiz?
– Saudiya Arabistoni AQŞ standartlari ustun davlat hisoblanadi. Men Özbekistonda Toşkent tibbiyot akademiyasida kafedra mudiri, Neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazida ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari, ilmiy rahbar lavozimlarida işlaganman. Şuning uçun sohani, öqiş va iş masalasidagi farqni ança sezaman.
Saudiya Arabistoni ham öz tilini yaxşi köradi. Men Özbekistonda talabalarga dars berib yurgan paytlarimda darslar özbek tilida ötilsin, kitoblar özbek tiliga ögirilsin degan gaplar böldi. Bu narsalar bizning tibbiyotimizni ança orqaga tortdi. Çunki tibbiyot şunaqaki, uzoği bilan 3-5 yilda bir marta yangilanib turadi. Bu rus tilida ham emas, ingliz tilida böladi. Ingliz tilini bilmasdan zamonaviy texnologiyalarni işlatiş, zamonaviy davolaş çoralarini işlatiş qiyin böladi.
Özbekistonda ham hozir köpçilik zamonaviy texnologiyalar bilan işlayapti: ular ham asosan ingliz tilini yaxşi biladigan, öz ustida işlaydigan şifokorlar hisoblanadi. Men bu bilan Saudiya Arabistonining bir e'tiborli jihatini aytmoqçiman: bu yerda odamlar öz tilini yaxşi körgani bilan şifokor va hamşiralar ingliz tilidagi dasturlar asosida tayyorlanadi. Buning uçun boşidan ingliz tilini yaxşi öqitiş zarur va talaba OTMga öqişga kirgaç, bemalol çet tilda öqiy oladigan bölişi kerak.
Özbekistondabirorta şifoxonaga borganda yaxşi şifokor izlab qolinadi. Bemor davolanayotgan muassasaga boşqa klinikadan şifokor olib kelinadi va u öz muolajasini qiladi, yana bir klinikadan olib kelingan boşqa şifokor esa umuman özgaça usulda davolaydi. Bu yerda [Madina şahrida] bunday narsa yöq, bu şarmandalik hisoblanadi. Har bir şifokor öz mutaxassisligini yaxşi bilişi va birining muolajasi ikkinçisinikidan farq qilmasligi zarur. Mana şunga katta ahamiyat beriş kerak.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, Arabistonda tibbiyot institutlarida faqat tibbiyot fanlari nomzodi darajasiga ega bölganlar dars berişi mumkin. Bizda şifokorlarning saviyasi past yoki bilimi yuqori emas, deb nolişadi. Lekin buning asosi nimada ekanini ham öylab köriş kerak.
Dori-darmon, texnologiyalarning eng zamonaviylarini olib kirib işlatiş kerak. Men ham Özbekistonda anesteziologiya böyiça talabalarga dars berganman. Biz işlatgan sun'iy nafas beriş uskunalari, dori-darmonlar juda eskirganini xorijga çiqib bildim. Bir haftagaça ularning dori-darmon, texnikalarini örganib olgunimça professorligimni deb aytişga ham tortinganman. Hozir kerak bölsa ulardan ham yaxşi işlayapman. Şuning uçun özbek şifokorlarini bilimsiz deb ayblab bölmaydi, ular juda salohiyatli. Faqat ularda til bilan boğliq qiyinçiliklar uçramoqda.
«Tibbiyot institutiga imtiyoz bilan kiriş umuman mumkin emas!»
– Tibbiyot yönalişidagi oliy ta'lim muassasalariga imtiyoz asosida öqişga qabul qiliş masalasiga qanday qaraysiz? Umuman, tibbiyot yönalişidagi oliy ta'lim muassasalarida öqitiş qanday bölişi kerak?
– Yaqinda yana qaysidir toifadagi odamlarga OTMlarga kirişda imtiyoz berildi. Tibbiyot institutiga imtiyoz bilan kiriş umuman mumkin emas, balki boşqa yönalişlarda buni qabul qiliş mumkindir. Lekin özida bilim bölmasa, tibbiyot yönalişiga qabul qiliş kerak emas. Bu – birinçisi.
Ikkinçidan esa, agar talaba kontraktda öqiyotgan bölsa, pul tölayaptiku, degan fikrda heç bölmaganda «3» baho bilan fani yopib beriladi. Masalan, hozir öğlim öqiyotgan Arabistondagi universitet misolida aytişim mumkin, tölanadigan kontrakt puli juda yuqori bölsa ham, har yili 25-30 foizgaça talaba kursdan kursga qoladi.
Abror Akmalov iş jarayonida.
Bundan taşqari, tibbiyot OTMlarida «3» bahoga öqigan talaba ham kursdan kursga qoladi. Sababi past baho bilan öqigan talaba qanday qilib bitirgaç, bemorni «3»ga davolaşi mumkin? Saudiyada tibbiyot yönalişidagi OTMda kontrakt narxi yuqoriligining sababi bitiruvçilar işga kirganidan söng şunga yaraşa yuqori maoş ham olişi bilan boğliq.
Şifokor 10 yil öqiydi, yana ham yaxşi bölişi uçun 5 yil iş tajribasiga ega bölişi kerak. Bundan taşqari, tibbiyot tez-tez yangilanib boradi, şuning uçun şifokor doim izlanişda bölişi kerak. Masalan, biz öqigan paytimizda Rossiya kitoblaridan öqiganmiz va bu kitoblar 10-15 yil oldin ingliz tilida yozilib, keyin rus tiliga tarjima qilingan edi. Bu biz ulardan 15-20 yilga orqada bölganimizni anglatadi.
Özbekiston mustaqil bölgandan keyin men kafedra mudiri bölib işlayotgan paytimda har bir kafedrada özbek tilida ham kitoblar yaratilişi haqida talab böldi. Öşa 15-20 yil oldin rus tilida yozilgan kitoblarni sözma-söz tarjima qilib, hatto ba'zi joylari tuşunarsiz holda özbek tilida kitoblar tayyorlandi. 70-80 foizi tarjimadan iborat narsani kitob deb talabalarga berişdi. Şu sababli tibbiyotda öqitilayotgan özbek tilidagi kitoblarning sifati juda past.
Xuddi şu kabi hozirgi rus tilidagi kitoblar ham talabga javob bermaydi. Şuning uçun talabalar ingliz tilida öqişsa, bugungi yangilikni tuşunib yetadi. Masalan, ötgan yili fevral oyida genetika böyiça bir yangilik yaratildi. Ar-Riyodda öğlim öqiydigan tibbiyot universitetida bu masala bir oy içida örganib çiqilib, 2-kurs talabalariga dastur qilib öqitildi. Çunki talaba buni bilmasa, yaxşi mutaxassis bölib çiqolmaydi.
Özbek şifokori oilasi davrasida.
Özbekiston şaroitida yaratilgan yangilikni bir oy içida örganib, dasturga kiritişning imkoni yöq. Çunki dasturlar bir yil oldin tuziladi, tasdiqlanadi va har yili yangilanaveradi. Eng yomon narsa kafedrada işlaş bölgan. Faqat şifokorlar emas, kafedrada işlaydigan öqituvçilarning oyligi ham juda past. Ularning ham oyligini oşiriş kerak. Çunki ular kasal bilan işlamaydi.
Kasal bilan işlaydiganlar kasallardan 3-4 söm oladi va bu heç kimga sir emas. Qöşimça daromadi bölmagandan keyin köpçilik kafedralardan ketib qolyapti. Sönggi paytlarda kafedradagilarning oyligi ham oşirildi. Ammo bu ham hali yetarli emas. Kafedrada işlaydigan öqituvçining oilasini ta'minlay oladigan darajada oylik qilib beriş kerak.
Yana bir masala kafedraga dastur tuziş topşirilganda, ular dastur tuzadi. Oradan olti oy ötib yana boşqaça tuziş kerak deb qolişadi. Öqituvçilarning boşi aylanib qoladi. Men özim bu narsani boşimdan ötkazdim. Şuning uçun çet elnikini körib, bitta standartni olib, oxirigaça öşa standart böyiça ketiş kerak. Buni hadeb özgartiraveriş kerak emas. Biz biror davlat standartini olib öşa böyiça öqitişga kelişib olişimiz zarur.
«Talabalarga ingliz tilida dars beriş, inglizça biladigan öqituvçilarni köpaytiriş, çetdan öqituvçilarni jalb qiliş...»
– Özbekistonda soğliqni saqlaş sohasini önglaş, rivojlangan davlatlardagi tibbiyot darajasiga olib çiqiş uçun nimalar qiliş kerak? Islohotlarni eng avval nimadan boşlagan ma'qul?
– Hozirgi paytda tibbiyotni yaxşilaş uçun vaqt kerak. Bu 1-2 yil emas, uzoq yillar davomida böladi. Hozirdan nimani töğrilaş kerakligini yarim yil, bir yillik rejalar bilan möljallab boriş kerak. Birinçi örinda maktablarda ingliz tilini yaxşi öqitiş, oliygohlarda ingliz tilida dars bera oladigan öqituvçilarni köpaytiriş, heç bölmasa, ularni qayta tayyorlagunça katta oylikka bölsa ham çetdan öqituvçilarni jalb qiliş kerak. Albatta, çetdan keladigan öqituvçilar katta oylik oladi. Kasallar bilan işlayotgan şifokordan köra, dars berayotgan öqituvçilar 30-50 foizgaça yuqori oylik oladi.
Hozirgi texnologiya va standartlar böyiça xorijlik öqituvçilarni talabalarga dars beriş uçun olib keliş kerak. Şuningdek, oliygohlarning çet el bilan aloqasini kuçaytirib, xorijliklar bilan ta'lim standartlarini işlab çiqiş kerak. Iloji boriça bizdagi oliygohlarni çet el akkreditatsiyasidan ötkaziş kerak. Bu orqali çet elga çiqqan özbek mutaxassislari diplomi tan olinadi.
Masalan, Saudiya Arabistoniga kelgan ayrim şifokorlarni tan olib, ularga litsenziya beriş qiyin bölib, kelganlar bir yil işlab yana qaytib ketişmoqda. Xuddi şu holat boşqa çet davlatlarida ham takrorlanyapti. Sababi ular bizning köpçilik oliygohlarimiz haqida bilmaydi.
Bundan taşqari, vraçlarimizni, ayniqsa, katta klinikalardagi bir neça şifokorni heç bölmaganda ikki oy, bölmasa tört-beş oy, bir yillik kurslarga yuboriş kerakki, u yerda örganganlarini özining klinikasida tatbiq qilsin. Bu uçun tibbiyot muassasalari bazalari mavjud klinikalarda eng zamonaviy texnologiyadagi apparatlar, dori-darmonlar işlatilişi lozim.
Talabalarga yangi çiqqan uskunalar va dorilar misolida dars beriş kerak. Biz ham vaqtida özimiz işlatib körmagan tibbiy uskunalar haqida oğzaki dars berganmiz, lekin ularning aksariyatini qölimiz bilan uşlab ham körmaganmiz, dori-darmonlarni işlatib körmaganmiz. Şuning uçun ham buyoqqa kelganimizda ozgina qiyin böldi. Biz öşa yerda işlab yurgan paytimizda vazirning qabuliga kirdik.
Vazir almaşdi, undan keyin, yana ikki kişi birga kirib gaplaşdik ham şu apparatlarni – sun'iy nafas oldiriş apparatlarining yangilarini oliş böyiça, çunki neça yillik apparatlar edi. Bu narsalarning oxiriga yeta olmadik, balki imkon bölmagandir. Men heç kimni ayblamoqçi emasman bu narsada.
Aytmoqçimanki, ahamiyat berişimiz kerak bölgan narsalar bular. Bularni yangilamas, töğrilamas ekanmiz, tibbiyotimizni oldinga yurgiziş biroz qiyin böladi. Hozir xususiy klinikalar köpayib ketyapti, ular eng zamonaviy jihozlarni olib kelib, şu tomondan yutişmoqda. Lekin davlat klinikalari bu borada ortda qolmoqda. Ayniqsa, universitetlarning bazalari hisoblangan klinikalarda bu narsalar bölmasa, biz ta'lim berayotgan talabalar yetarli darajada saviyaga ega bölmaydi.
«Saudiyada şifokorga qöl kötargan şaxs köp yilga qamaladi»
– Saudiyada ham şifokorlar bemorlar yoki ularning qarindoşlari tomonidan kaltaklanadimi? Tibbiyot xodimlarini haqoratlaş, ularga kuç işlatiş holatlari mavjudmi?
– Saudiyada barça qonunlar öz xalqini himoya qilişga qaratilgan. Saudlar juda köp holatlarda immigrantlardan ustun hisoblanadi. Biroq şifokorlarga munosabatda buning aksi. Men Madinada çet ellik bölsam ham, bu yerda şifokor sifatida hurmat qilişadi, qattiq gapirişmaydi. Agar kimdir şifokorga qöl kötaradigan bölsa, köp yilga qamalişi mumkin.
Bizning Özbekistonda şifokorlarga qöl kötariş, uni haqorat qiliş, ayniqsa, uni qamaş holatlari bor. Şifokorni qamaş kerak emas, sababi heç qaysi şifokor bemor ölişi uçun harakat qilmaydi. Qanaqa qilib uni qamaş mumkin? Agar u 5-6 yil qamalib çiqsa, amaliyotini yöqotib qöyadi.
Şifokorni qamaş heç qaysi davlatda yöq. Töğri, «şifokor xatosi» degan narsa bor, u ham kerak bölsa, bir yil yoki ikki yil yaxşilab tekşirilişi va şunga qarab xulosa berilişi kerak. Ungaça şifokor öz örnida işlaşi kerak. Agar undan keyin vraç xato qilgani haqida xulosa berilsa, u bemorning yaqinlariga ma'lum miqdorda tovon puli tölaydi va öz işida davom etadi.
Özbekistondagi vraçlarda, masalan, birortasi xato qilsa, unga çora köriladi, qamaladi, boşqa qiladi. Bitirganiga bir-ikki yil bölganiga ham şu ahvol, öttiz yil işlaganiga ham bir xil qaraladi. Bu yerda – çet ellarda bu narsada ozgina farq bor ekan. Menga yoqqan yana bir jihati vraçlar uçta kategoriyaga bölingan.
Birinçi kategoriya masalan, universitetni bitirgan va bir yillik internaturaning özini tugatgan va şu soha böyiça birorta masalan, xirurgiyagami, anesteziologiyagami borib, şogird tuşib yurib, öşa joyda örganib, yarim yil, bir yil örganib, öşa yerda işlab ketdi. Bu birinçisi. Buni rezident deydi, rezident, faraz qilaylik, 1000 dollar, 1500 dollar oylik oladi.
Ikkinçisi, magistraturani yoki klinik ordinaturani bitirgan şifokorlar. Bu şifokorlarni spetsialist yoki registrar deydi, spetsialist maqomida işlaydi. Birinçi toifa faqat yozuv-çizuvga yordam berib yuradigan bölsa, registrar örtaça hollardagi kasallarni davolaşda iştirok etadi. Örtaçaroq narkozlarni bera oladi. Örtaçaroq operatsiyalarni qila oladi, agar konsultant ruxsat bersa, tepasida turgan boşliq – bu rezidentdan köra ikki barobar köp oylik oladi.
Abror Akmalov hamkasblari bilan.
Uçinçisini konsultant deydi, bu öşa PHD, ya'ni tibbiyot fanlari nomzodi yoki MD – medikal doktor olgan, buning uçun masalan magistraturada uç yil öqisa, konsultant böliş uçun yana beş yillik öqişni tugatadi. Ana undan keyin konsultant bölib işlaydi. Ana öşa konsultant bölib işlagan odamning öz guruhi böladi, uning qöl ostida registrari ham böladi, spetsialisti ham, rezidenti ham böladi. Lekin tepasida bitta konsultant turadi. Hamma narsaga javob beradigan konsultant böladi. Kasal bilan biror holat yuzaga keladigan bölsa, konsultant javob beradi. Rezident, registrar javob bermaydi.
Bizda hozir konsultant degan maqomning özi yöq-da, mayli endi, unça-munça nomzod çiqarilgan, boşqa işlar qilingan. Bu alohida mavzu. Bu yerda ham alohida masalalar bor. Lekin oxirida javob beriş kerak bölganda bitirganiga 2-3 yil bölgan yoki 5 yil bölgan, lekin faqat magistraturaning özini bitirgan, internaturadan keyin özi mustaqil işlab ketgan şifokorga juda katta mas'uliyat yuklab, uni qamaş darajasiga olib boramiz. Uning aybi emas-ku bu. Biz özimiz uni yetarli darajada öqitmaganmiz-da, lekin undan faqat talab qilişni bilamiz. Bu ozgina xato. Bu narsani ham töğrilaş kerak.
Çunki konsultant mutaxassisdan köra ikki barobar köp oylik oladi. Oyligida ham, öqişida ham, mehnatida ham farq katta. Şuning uçun ön yillab, ön beş yillab öqib, oxiri konsultant darajasiga çiqiladi va şunga yaraşa oylik oladi. Çunki 10-15 yil qiyinçilikka çidagan. Sabr bilan öqigan, qiynalgan va hozir davolaş böyiça işlaydi.
Ötgan kuni bir hazil çiqib qoldi. Körgan bölsangiz kerak ijtimoiy tarmoqlarda. Bir katta qayiqni motori buzilib qolganda ustasini çaqiribdi. Kelib, bolğa bilan u yer, bu yerini urib bölgandan keyin qança böladi, deb söraşsa, 4 ming dollar deyapti, taxminan aytyapman. Nimaga bunça, bizga yozib bering batafsil, nimaga 4 ming dollar tölaşimiz kerak, bolğa bilan urib-urib qöyilganiga 4 ming dollar tölaş kerakmi, deyişsa, bolğa bilan urib qöyilganiga 1 dollar, şuning qayerini urişni bilgani uçun, örgangani uçun 3 999 dollar deb körsatgan.
Bu xuddi şunga öxşagan narsa, tibbiyotda qaysi dorini berişni, qaysi paytda qanday dorini berişni biliş uçun u neça yil öqigan. Mana şunga unga haq tölanadi. Buni tuşuniş kerak. Ikkita retsept yozib berganiga şunça pul olyapti degan narsa bölişi kerak emas tibbiyotda.
«Oç şifokor xavfli – şifokorlarning bemorlar qöliga qarab qolişiga oylik kamligi sabab böladi»
– Nima uçun özimizning oltinboşlar öz baxtini çet eldan izlab ketib qolmoqda. Masalan, siz qaysi sabablarga köra xorijga işlaşga ketgansiz?
– Men Toşkent viloyati Pskent tumanida tuğilganman. Oddiy şifokorman, katta taniş-bilişlarim ham yöq. Aspiranturaga öqişga kirib uni bitirayotgan vaqtimda 5ta soha böyiça prezident stipendiyasi joriy qilindi. Öşanda tibbiyot va ekologiyaga ajratilgan grantni birinçi bölib men olganman. Nomzodlik, undan keyin doktorlik dissertatsiyamni yoqladim. Bularning birortasida pul berib taniş-bilişçilik qilişga töğri kelgani yöq. 3 yil kafedra mudiri bölib işladim.
Birovni oyoq kiyimi çiroyli köringani bilan uning oyoğini qançalik siqayotganini öşa odamning özigina biladi, boşqa birov bilmaydi. Özbekistonda tibbiyot sohasidagi eng oğriqli nuqta oylik masalasi. Korrupsiya, poraxörlikning kelib çiqişiga ham oylikning kamligi sabab böladi. SSSR endi parçalanib ketgan paytda miting bölganda bir odam «Oç şifokor xavfli» deb yozilgan plakatni kötarib turibdi. Haqiqatan ham şunday. Çunki şifokor uyda bola-çaqasiga non topib olib kelolmayotgan bölsa, boşqa joydan pul topib olib kelişga harakat qiladi. Oxiri şunça yil öqiganim nima böldi, nina bilan quduq qazganim qayerga ketdi, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyam nima böldi, degan savol beradi.
Men Özbekistondan çiqib ketgan vaqtimda kötarilgan oyligim ham 200 dollar edi. Bu yoqqa esa undan 40-50 barobar köproq oylik berilyapti. Oylik bu sizning mehnatingizga beriladigan baho, insonning qadri, oilani öylaş va ularning ertaga biror narsaga muhtoj bölmasligi haqida qayğuriş degani. Heç kimga sir emas, katta pul topib yaxşi yaşayotganlar ham bor. Ular qanday daromad topyapti bilmadim. Ammo korrupsiya yoki boşqa qinğir yölga kirişni vijdonim qabul qilmadi. Natijada kafedra mudiri bölib işlayotgan joyimda çet elga çiqişga majbur böldim.
Kam oylikka işlayotgan odamning oldida ikki yöl qoladi: yo poraxörlikka örganib qoliş, yoki çetga ketiş. Şifokorlarning köpçiligi hozir çet elga çiqişga tayyor bölib turibdi. Faqat til bilmagani yoki yölini topolmayotgani uçun Özbekistonda ötiribdi.
Hozir çet eldan şifokorlarni olib keliş örniga Özbekistondagi şifokorlar oyligini kötarişni öylaş kerak. Özbekistonda ulardan foydalanişning yölini qiliş kerak. Masalan, özimning öğlim Ar-Riyodda öqiyapti va uning öqiş puli juda qimmat. Özbekistondagi hozirgi siyosatni körib borib işlagim keladi. Men aytgan oylikni esa Özbekistonda qilib berişolmaydi. Özbekistonda berişgan oylik bilan farzandimni öqitolmayman.
Özbekistonda prokuror yoki bankirlar qança oylik olişini bilasiz. Hozir çet elda eng yuqori oylik şifokorning oyligi hisoblanadi. Prokuror va bankirlar esa şifokordan bir neça barobar kam oylik oladi.
Biz çet eldan kelganimizda bizga bu yerda şunça oylik berişganining sababi – ular xalqning salomatligi va kelajagi uçun şifokorning muhimligini tuşunişgan. Agar Özbekistonda ham xalq ahvolini yaxşilaşmoqçi bölişsa, şifokor oyligini oşiriş kerak. Bu yerda har yillik stajning keyingi yiliga oylikka qöşimça 130-150 dollar ustama beradi. Men kelayotgan paytimda esa oyligimning özi şunça edi.
«Amerika va Yevropada şifokorlar bitta standartdan foydalaniladi, şuning uçun bitta bemor önta şifokor körigidan ötganda ham bir xil taşxis qöyadi»
– Nimaga bir bemorni, u çalingan kasallikni davolaşga ixtisoslaşgan uç şifokor körigidan ötkazilganda ular uç xil taşxis qöyişadi, uç xil muolaja qilişadi?
– Bu narsaning birinçi sababi bizda standartning yöqligi. Yagona standart degan narsa bor-da. Masalan, Amerikada ham, Yevropada ham bitta standartdan foydalaniladi. Masalan, ularniki alohida, bularniki alohida emas.
Lekin bizda Özbekistonda har bitta kasalxonaga standart tuzinglar, deb buyruq berilgan neçançi yillarda. Har bitta kasalxona özi uçun standart işlab çiqqan. Masalan, markazdagi şifoxonalar özining imkoniyatidan kelib çiqib, standart tuzgan bölsa, çetdagi kasalxonadagilar özining bazasidan kelib çiqib standartlar tuzgan.
Masalan, bitta kasallikka şu-şu dorilar qilinişi kerak deb berildi, lekin çetdagi kasalxonalarda bu dorilar yöq, ular özlaridagi bor doridan kelib çiqib standart belgilagan. Endi, qarang, odamlarning qöliga dori yozib beriş ham şundan kelib çiqadi.
Ya'ni çekka hududdagi kasalxonalar oddiyroq bir standart işlab çiqadi. Lekin bu oddiy standartdagi davo bilan kasalni çiqarib bölmaydi. Buni u yerda işlayotgan şifokor tuşunib yetgandan keyin bu dorilar bölişi kerak, ularni işlatiş kerak, deydi, lekin klinikada yöq. Majbur, yöllanma yozib beradi. Kimdir buni tuşunadi, kimdir tuşunmasdan, keyin şifokor yozib berdi, özining kasalxonasida yöqmi, degan tuşunça kelib çiqadi. Bu ham bir misol.
Yagona standartga ötiş kerak. Har xil bazada har xil öqitadi, deyotganlaridek, har xil bazada har xil domla bor-da, har xil domlaning bilimi har xil. Özining bilimidan kelib çiqib buni bunday davolaysan, deb turib, özi öqigan kitobidan buni öqitadi. Bu bazada öqiyotgan boşqa kitoblarni öqigan bölsa, özining kitobidan kelib çiqib, buni öqitadi, bunday qil, deydi.
Xorijda ham fikrlar köp, bu olim bunday bölgani yaxşi, deydi. Bu olim bunday bölgani durust, deydi. Lekin standart haqida gap ketganda bitta standartga kelişiladi. Öşa standartga amal qiladi. Bu ön marta akademikmi yoki endi iş boşlagan odammi, şu yozilgan standartga amal qilişga majbur. Lekin undan çiqib ketib qolsa, kasalda biror asorat bölsa yoki ölim holati böladigan bölsa, standartdan çetga çiqqani uçun u javob beradi. Şuning uçun öşa standart bilan işlaydi.
Agar har bitta klinika standart bilan işlasa, bir-biridan farqi bölmaydi. Aytilganidek, uç tabaqali vraç bölişi kerak. Bu klinikadagi konsultant bilan boşqa bir klinikadagi konsultant bitta tilda gapirişi lozim. Bilimi bölişi, şu standartni bilişi, u standartga amal qilişi kerak, böldi.
Masalan, menga kelsangiz ham şu davoni yozib beraman. Boşqa katta akademikka borsangiz ham, u bundan çiqib keta olmaydi. Xuddi men yozganlarni köradi-da, dunyodagi standartga töğri narsalarni yozibdi, bunaqa holatda şunday qiliş kerak edi. Men ham xuddi şu holatdagi narsalarni aytaman, deydi. Heç narsa qöşmaydi ham, olib taşlamaydi ham. Birinçidan, bu – kasalning yaxşi bölişiga yordam beradi. Ikkinçidan, bemorlarning oldida şifokorlarning obrösiga ham yaxşi böladi.
Bizda nima böladi? Bitta şifokordan borib davo yozdirib keladi-da, ikkinçi şifokorga kelsa, «Kim yozib berdi buni, eee, bölmabdi, bunday-bunday bölişi kerak edi», deydi, boşqasiga borsa, boşqasi buni yomonlaydi. Bir-birini yomonlaş bilan kun ötayotganga öxşab qoladi-da. Bu degani şifokorning bemor oldida obrösi yöqoladi.
«Çet eldan malakali konsultantlarni olib kelib işlatiş kerak»
– Özbekistondan şifokorlarni xorijga yuborib malakasini oşirgan yaxşimi yoki çet eldagi malakali mutaxassislarni olib kelib, şu yerda iş örgatgan afzalmi?
– Özbekistondan bir neça şifokorni u yoqqa yuborib, ular yarim yil, bir yil şuğullanib kelişiga vaqt ketadi. Buni ham yölga qöyiş kerak, lekin hozirgi paytda qilinişi kerak bölgan işlardan bittasi çet eldagi konsultantlarni olib kelib, klinikalarga bitta-bitta qöyiş kerak.
Eşitdimki, «Akfa»ga hind şifokorini olib kelib, anesteziolog-reanimotologkonsultant ekan, u çet el standarti böyiça ular bilan birga işlab, qöl ostidagilarga tuşuntirib, şunaqa tarzda işlatadi.
Har bitta konsultant kelib, klinikalarda işlaydigan bölsa, çekka hududlardagi şifokorlar ham kelib, bir-ikki oy ular bilan işlasa, bu vraç kelib, 1-3 yilga şartnoma tuzişi kerak böladi. Töğri, kattaroq oylik beriladi. Lekin juda katta pul ketib qolmaydi vraçlar borib öqib kelişi bilan taqqoslaganda. Şuning uçun ularni olib keliş eng kerakli narsa.
Yana bir narsani aytmoqçiman, tibbiyotda rivojlaniş bölişi uçun tibbiy suğurta tizimiga ötiş kerak. Oddiy bir misol, bu yoqda yurib, öyladim, nega ötilişi kerak? Buni xalqqa çiroyli tuşuntirib beriş kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiy suğurta joriy etilişi haqidagi xabarlarning tagida odamlar vraçlarni sökib yotadi. Mana, şifokorlar bizdan yana pul olmoqçi deb. Yöq! Bu yerda tibbiy suğurta tizimiga ötiş şifokorlar uçun zararli narsa. Nimaga?
Masalan, bir bemor keldi va davo olmoqçi, lekin pul tölolmaydi bunga. Amerika, Yevropa davlatlari, Saudiya Arabistoni, Kuvayt kabi davlatlar kambağal davlatlar emas. Juda boy davlatlar. Lekin bularda ham tibbiy suğurta tizimi bor. Nega? Çunki tibbiyot şunday katta pul talab qiluvçi sohaki, şunday katta davlatlar ham buni ta'minlab berişi katta iş.
Özbekistonda juda köp marta tekin tibbiyot qilib beramiz degan harakatlar bölgan, bu narsa Özbekiston budjetining juda katta qismini yeb qöyib, yaxşi bölmaydi. Tibbiy suğurta tizimiga ötiladigan bölsa, uni har bir odam özi tölaşi şart emas, işlayotgan joyida işxonasi ta'minlab berişi mumkin, masalan, bizda barçamizni davlat suğurta qilgan. Köp joylarda şunday. Katta-katta taşkilotlar özi suğurta qilib beradi. Deylik, özini 100 000 sömga suğurta qildi. Lekin bir yil içida şu suğurta paytida uni 12-15 million sömlik operatsiya qiliş kerak bölib qoldi. Suğurta hisobida bu unga foydali böladi.
Ikkinçidan, davlat faqat tekinga qilaveramiz, desa, budjetdan arzimagan ajratilgan pulga, arzon şörva tatimas, deydi-ku, şunaqa bölaveradi. Yaxşi tibbiyot bölişi uçun u yerga pul tuşişi, örni töldirilişi kerak-da. Yangi dorilar, yangi apparatlar oliş uçun pul zarur, pul esa öşa suğurtadan tuşişi kerak.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi