Toşkentda yaşayotgan polyak jurnalisti Agneşka Pikulitska-Vilçevska öz maqolasida Şavkat Mirziyoyev boşçiligida sönggi tört yilda qilingan ijobiy qadamlarni qayd etib, söz erkinligi böyiça Özbekistondagi hozirgi vaziyatga oid kuzatuvlari bilan örtoqlaşgan.
«Yangi rahbar fuqarolarga öz xavotirlari va şikoyatlarini aytiş uçun köproq imkoniyat berdi. Oldin bloklangan ijtimoiy tarmoq platformalari va xorijiy saytlarga tösiqlar olindi. Köplab blogerlar va saytlar paydo bölib, mamlakatning böşab qolgan media maydonini töldirdi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar kunning ijtimoiy-siyosiy masalalarini oçiq muhokama qiliş uçun maydonga aylandi.
Ammo Mirziyoyev islohotlarining tört yili davomida, Özbekistonda söz erkinligi töla ta'minlandi, deb bölmaydi. Prezident bir neça bor öz çiqişlarida jurnalist va blogerlar hokimiyatdagi kişilarni erkin tanqid qila olişi kerakligi haqida gapirgan va bu borada ijobiy özgarişlar közga taşlangan bölsa-da, Özbekiston söz erkinligi böyiça köplab reytinglarda hamon sönggi poğonalarda qolmoqda.
«Çegara bilmas muxbirlar»ning 2020 yilgi Jahon matbuot erkinligi reytingida Özbekiston 156-örinda qayd etilgan (mamlakat 2016 yilda 166-poğonada joylaşgandi). Freedom House esa Özbekistonni erkinlik darajasi eng quyi davlatlar qatorida sanaşda davom etmoqda: 2020 yilda Özbekistondagi erkinlik darajasi 100 balldan 10 ballga baholangan (2017 yilda bu körsatkiç 100 balldan 3 ball bölgan).
Sentyabr oyida, Axborotdan erkin foydalaniş xalqaro kuni munosabati bilan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkiloti iştirokida ötkazilgan konferensiyada, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov mamlakatning xalqaro reytinglarda past örinlarda qolayotganiga izoh bergan edi.
«2017 yildan 2020 yilgaça Özbekiston reytingda 13 poğonaga yuqoriladi. Lekin muammolar yöqmi? Albatta, bor. Jurnalist yoki blogerda qörquv yöqmi? Albatta, bu ham bor. Aks holda, natija bundan ham yaxşi bölişi mumkin edi.
Ayrim şaxslar senzurasi, jurnalist va blogerlarning öz-özini senzuralaşi, hukumat rasmiylarining tahdidi va bosimi – tabiiyki, bu omillar hamon mavjud va biz bunga qarşi kuraşyapmiz», – dedi u.













