Ta'kidlanişiça, 2019-2020 yillarda “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi huzuridagi Quriliş materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengaşiga 10ta yönaliş böyiça jami 42ta innovatsion loyihalar körib çiqiş uçun taqdim etilgan.

Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan e'lon qilingan va ötkazilgan tanlov natijalariga köra umumiy moliyaviy hajmi 10,6 mlrd. sömlik 8 ta innovatsion loyihalar ilmiy-texnikaviy kengaşda ijobiy baholanib, moliyalaştirişga tavsiya etilgan. Uşbu innovatsion loyihalar orqali energiya tejamkor, atrof-muhitga yetkaziladigan zararni minimallaştiradigan, eksportbop va import örnini bosuvçi yangi turdagi quriliş materiallari işlab çiqarişga joriy etilmoqda.

Mahsulot işlab çiqariş jarayonlariga ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilinayotganligi tufayli 2020 yilda 22 trln. sömlik (misol uçun, 2016 yilda 6,8 trln sömlik) mahsulotlar işlab çiqariş kutilmoqda yoki 2016 yilga nisbatan ösiş dinamikasi 3,2 baravarni taşkil etadi.

Xususan: sement – 14,5 mln tonna yoki 168 foiz, quriliş oynasi – 23 mln kv m yoki 181 foiz, keramik plitka – 41,5 mln kv m yoki 4,3 baravar, gipsokarton – 61 mln kv m yoki 2,1 baravar, oboy (gulqoğoz) – 2 mln öram yoki 89 baravarga oşgan.

Sifatli va xavfsiz yangi turdagi quriliş materiallarini işlab çiqarişga joriy qiliş maqsadida quriliş materiallarini işlab çiqariş böyiça 340 ta xalqaro standartlar 2019 yilda qabul qilindi, 2020 yilda 542 ta va 2021 yilga 505 ta xalqaro standartlar rejaga muvofiq qabul qilinmoqda hamda bu bilan birga xalqaro standartlar bilan uyğunlaşuv darajasi oşirilmoqda.

“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi Matbuot xizmati