Joriy yilning 28 noyabr kuni Urganç şahridagi studiyadan Özbekiston boş vaziri örinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligida eksport va investitsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça hukumat komissiyasi a'zolari, vazirliklar, idoralar, sanoat birlaşmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, çet eldagi diplomatik vakolatxonalar, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari jalb etilgan holda investitsiya va eksportning dolzarb masalalari muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Muhokama çoğida vazirliklar, idoralar, sanoat birlaşmalari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining sanoat va hududlar kesimida investitsiya va eksport faoliyatini kuçaytiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar töğrisida hisobotlari tinglandi.
Tadbirkor va eksportçilar bugungi kunda mavjud investitsiya va eksport salohiyatidan töliq foydalanişga tösqinlik qiluvçi bir qator tizimli va xususiy tusga ega muammolarga duç kelayotgani aniqlandi. Işbilarmonlarni samarali qöllab-quvvatlaş tadbirlari amalga oşirilişini ta'minlaş maqsadida korxonalarga çiqqan holda tadbirkor va eksportçilar bilan bevosita işlaş zarurligi ta'kidlandi. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Taşqi işlar vazirligi hamda tijorat banklarining xodimlarini hududlarga yuboriş töğrisida qaror qabul qilindi. Ularning vazifalari etib tadbirkorlarning mavjud muammolarini aniqlaş va ularni tezkor hal etiş, şuningdek investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va eksport hajmini köpaytiriş uçun yangi zaxira va imkoniyatlarni aniqlaş belgilandi.

Tadbirda investitsiya va taşqi savdo faoliyatiga salbiy ta'sir körsatuvçi alohida omillar ham atrofliça örganilib, tegişli rahbarlarga manzilli körsatmalar berildi. Xususan, eksportçi korxonalarga gaz va elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berişni ta'minlaşga qaratilgan tezkor çora-tadbirlar köriş böyiça aniq topşiriqlar berildi.

Tadbirda eksportçilarga moliyaviy yordam körsatişda tijorat banklari yetarli darajada faol emasligi qayd etildi - ötgan haftada respublika eksportçilarini qöllab-quvvatlaş ştabiga jami 85 mlrd söm miqdorida eksportoldi moliyalaştiriş mablağlarini ajratişda kömaklaşiş uçun 25ta ariza kelib tuşdi. Şu munosabat bilan tijorat banklari rahbarlarining e'tibori tadbirkorlar va eksportçilarni öz vaqtida qöllab-quvvatlaş maqsadida ular bilan faol işlaş zarurligiga qaratildi.



















