Şu yil 24 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida favqulodda holat yuz bergani haqida xabar tarqaldi. Unda «Texnopark» MÇJ tomonidan örnatilgan «aqlli» gaz hisoblagiç örnatilişidan 3 soat ötgaç portlab ketgani haqida söz yuritilgan.
Bundan taşqari, noyabr oyining örtalarida Andijonda örnatilgan 40dan ortiq «aqlli» gaz hisoblagiçlari işlamay qoldi.
«Bu ataylab qilingan. Bu isbotlandi va suriştiruv ötkazildi. Biz körsatuv qilmoqçimiz va buni körsatmoqçimiz. Uşbu fuqarolar biz bilan qanday kuraşmasin, hisoblagiçlarni örnatamiz va tartibga keltiramiz. Öğrilikni töxtatamiz hamda odamlar iste'mol uçun tölaşiga harakat qilamiz», - dedi vazir Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida.
Şuningdek, Alişer Sultonov nega «Texnopark» tenderda ğolib çiqqanligini aytib berdi. U tender adolatli ötganini, kompaniya esa bir neçta raqobatçilar bilan tanlovda qatnaşganini ta'kidladi.
«Tender ötkaziş böyiça ma'lum bir şartlar mavjud, ular («Texnopark» - tahr.) yutib çiqdi. Ularning yutgani yaxşi, birinçi navbatda, bu italiyalik işlab çiqaruvçilar bilan qöşma kompaniya. Bu bizning mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan zamonaviy Yevropa hisoblagiçlari. Kompaniya odamlarni iş bilan ta'minlamoqda, Özbekistonda soliqlar tölanmoqda, ammo bu ularning ğalabasi uçun sabab emas. Ular uç-törtta kompaniya bilan bölgan adolatli kuraşda ğalaba qozondi», – deya xulosa qildi energetika vaziri.
Joriy yilning fevral oyida prezident Toşkentda «aqlli» gaz hisoblagiçlarini işlab çiqariş böyiça «Texnopark»ga taşrif buyurdi. Davlat rahbari korxona hisoblagiçlarni sotiş bilan çeklanib qolmasdan, balki ularni örnatişdan to texnik xizmat körsatişgaça bölgan barça jarayonlarni qamrab olişi kerakligini ta'kidlab ötdi.

















