Bu holat Surxondaryo viloyat prokuraturasining Kun.uz tahririyati ixtiyoriga kelib tuşgan 2020 yil 30 oktyabr sanasidagi № 11/1.1-20 sonli topşiriğida öz aksini topgan.
Viloyat prokurori örinbosarlaridan biri imzolagan uşbu topşiriqda «Tahlillar, [Surxondaryo] viloyat böyiça jami 52 121 tonna paxta xomaşyosini qöşib yoziş holatlariga yöl qöyilganligini körsatmoqda», deya ta'kidlanadi.
Qayd etib ötiş joizki, Surxondaryo viloyatida 2020 yilda paxta xomaşyosini tayyorlaş böyiça şartnomaviy reja 244 ming 800 tonna qilib belgilangan edi. Qöşib yozilgani taxmin qilinayotgan 51 121 tonna viloyat yillik paxta topşiriş rejasining 21,3 foizini taşkil etadi.
Topşiriq matnida viloyat tumanlarida qançadan paxta qöşib yozilganiga ham aniqlik kiritilgan. Jumladan:
- Qumqörğon tumanida — 10 538 tonna;
- Angor tumanida — 9 488 tonna;
- Jarqörğon tumanida — 9 183 tonna;
- Muzrabot tumanida — 8 526 tonna;
- Denov tumanida — 6 111 tonna;
- Oltinsoy tumanida — 1 470 tonna;
- Şörçi tumanida — 1 716 tonna;
- Qiziriq tumanida — 1 477 tonna;
- Termiz tumanida — 1 470 tonna;
- Sariosiyo tumanida — 540 tonna;
- Uzun tumanida — 539 tonna;
- Şerobod tumanida — 508 tonna;
- Bandixon tumanida — 307 tonna paxta xomaşyosini qöşib yoziş holatlariga yöl qöyilgan.
Şuningdek, viloyatdagi 535ta fermer xöjaliklari paxta xomaşyosi tayyorlaş va topşiriş rejasini 50 foizga ham bajarmagani ayon bölmoqda. Şerobod tumanida — 205ta, Qiziriq tumanida — 166ta, Şörçi tumanida — 50ta, Bandixon tumanida — 37ta, Uzun tumanida — 29ta, Denov tumanida — 19ta, Angor tumanida — 13ta, Jarqörğon tumanida — 10ta, Muzrabot va Oltinsoy tumanlarida 3tadan fermer xöjaliklari amalda rejani 50 foizga ham uddalaşmagan.
Paxtaçilik klasterlari hisoblanadigan «SHOSHMOXKASHOB» MÇJ, «Surxondaryo agro xizmat» MÇJ, «Termiz Jayxun Cluster» MÇJ, «Surxon sifat Tekstil» MÇJ, «Indenim Klaster» MÇJ, «Angor Surxon Ğururi» MÇJ, «Muzrabat Indenim klaster» MÇJ, «Bandixon Agroxizmat» MÇJ kabilarning hisobotlarida aslida terilmagan paxta xomaşyosini qöşib yozişgani ham ma'lum bölmoqda.

















