Bunday ma'lumotlar BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning 2 dekabrda nişonlanadigan Xalqaro qullikka qarşi kuraş kuni munosabati bilan bergan bayonotida keltirilgan. 

“Bugungi kunda 40 mlndan köproq kişi zamonaviy qullik qurbonlari hisoblanadi. Bundan 71 foizini ayollar va qizlar taşkil qiladi. Bugungi kunda qullik kelib çiqişi böyiça xörlaş, zöravonlik, bolalar va uy mehnati, majburiy nikohlaş, qarzdorlik, ekspluatatsiya qiliş uçun odam savdosi, bolalarni qurolli ixtiloflarga jalb qiliş körinişida namoyon bölmoqda”, – deb aytilgan bayonotda. 

Guterrişning ta'kidlaşiça, qullikdan ayollardan taşqari, noçor va tahqirlanuvçi qatlamlar, aynan esa irqiy va etnik ozçilik vakillari aziyat çekmoqda. BMT boş kotibi şu munosabat bilan BMT a'zolarini va butun hamjamiyatni qullik jabrdiydalarini himoyalaş va qöllab-quvvatlaşga, uşbu “jirkanç illatga” qarşi birgalikda kuraşni kuçaytirişga çaqirgan.