Adliya organlari tomonidan Samarqand viloyati misolida sörov orqali ötkazilgan örganiş natijalariga köra, fuqarolardan talab qiliş taqiqlangan hujjatlar olingani, qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga zid ravişda rasmiy hujjatlarning nusxalari talab qilingani va boşqa byurokratik tösiqlar mavjudligi aniqlangan.

«Sönggi yillarda oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qiliş, qabul jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda. Şunga qaramasdan, ayrim oliy ta'lim muassasalari katta hayotga yöl olayotgan abituriyentlardan ortiqça hujjat söraş hamda zamon talablariga töğri kelmaydigan qöşimça talablar örnatiş orqali eskirgan usullarda işlaşda davom etişmoqda.

Misol uçun, Samarqand davlat çet tillar universiteti abituriyentlardan fuqarolik pasportidan nusxa, soliq tölovçining hisobga qöyilgani töğrisida guvohnoma, jismoniy şaxsning jamğarib boriladigan pensiya tizimiga qöyilgani töğrisida ma'lumotnoma kabi hujjatlarni taqdim etişni asossiz ravişda talab qilgan.

Oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyent haqidagi zarur ma'lumotlarni Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritib, abituriyentga asl hujjatlarni qaytarişi nazarda tutilgan.

Şunga asosan, Adliya vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalari tomonidan ortiqça byurokratik ğov va tösiqlarga barham beriş böyiça Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga tegişli taqdimnoma kiritildi.

Şuningdek, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan mazkur qonun hujjatlari buzilişining oldini oliş va bartaraf qilişga qaratilgan çora-tadbirlar belgilab olindi», deyiladi vazirlik xabarida.

Ma'lum qilinişiça, abituriyentlardan ortiqça hujjat talab qilgan 10ga yaqin OTMning rahbar-xodimlariga turli intizomiy jazo çoralari körilgan.