UzReport telekanali boş muharriri Gulnoza Husanova bugungi kunda jurnalist va blogerlar tomonidan jamiyatdagi dolzarb muammolar kötarilayotgani haqida aytib, matbuot erkinligi sari jarayonlar boşlangani, endi ortga yöl yöq ekanini ta'kidladi.

«Hozir söz erkinligi haqida jonli efirda gapiryapmiz. Avval bunaqasi bölmagan. 11 yildan beri UzReport’da işlayman. Matbuot ovozi böğilgan, jurnalistlarning ovozi öçirilgan, ommaviy axborot vositalari senzura qilingan paytlarda işlaganman. Körsatuv efirga berilişiga 2-5 daqiqa qolganida körsatuvlar efirdan olib qöyilganiga ham guvoh bölganman.

Töğrisini aytaman, bu kunlarni biz jurnalist, blogerlar orzu qilganmiz. Yoş jurnalistlarga bizning işlaydigan vaqtimiz endi kelganini aytaman.

E'tibor qilgan bölsangiz, hozirda jurnalistlarning tili, tişi ança ötkir. Şunday muammolarni kötarişyaptiki, hukumat şundan keyin öz qarorlarini özgartirişga majbur bölyapti. Nazarimda, bu - özbek jurnalistikasining eng katta yutuği. OAV, bloger, jurnalistlarimiz jamiyatning rivoji yölida ğov bölayotgan turli tösiqlar, masalan, byurokratiya, tamagirlik, korrupsiya mavzularini kötarişyapti va öz vazifasini bajara olmagan mutasaddilarni qörqmasdan, dadil tanqid ham qilişyapti.

Aminman, bu oçiqlik siyosatiga könika olmagan, moslaşa olmagan ayrim rahbarlarga, mutasaddilarga yoqmasligi ham mumkin. Lekin buyoğiga endi orqaga qaytiş yöq. Biz hozir söz erkinligini endi his qilyapmiz. Töğri, xatolar ham bölişi ham mumkin, lekin işlamagan xato ham qilmaydi», dedi Gulnoza Husanova Xalqaro press-klubning «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunçiligida söz hamda matbuot erkinligi va Özbekistonda OAVni rivojlantiriş jarayonlari» mavzusiga bağişlangan davra suhbatida.

U muammolar jurnalist, blogerlar tomonidan kötarilmasa, ular heç qaçon hal bölmasligini aytib ötdi.

«Biz bilamiz, söz erkinligi xohlagan narsani ayta oliş degani emas. Bu eng avvalo mas'uliyat. Buni jurnalistlar ham, blogerlar ham his qilib turişibdi. Agar hozir biz axborotni vaqtida, tezkor bermasak, internet rivojlangan, odamlar bu axborotni istagan joyidan oladi.

Şuning uçun hozir davlat idoralari ham tuşunişi kerak: jurnalistlar ularning duşmani emas. Biz ham rivojlangan davlatda yaşaşni istaymiz. Agar biz hozir muammolarni kötarmasak, muammolar heç qaçon hal bölmaydi.

Bugungi jurnalistika oçiqliksiz işlay olmaydi, yaşay olmaydi. Şaxsan özim prezident Mirziyoyevning eng katta yutuği – söz erkinligini ta'minlagani deb bilaman. Özbekiston yopiq davlatdan oçiq davlatga aylandi. Buni xalqaro hamkorlarimiz ham har doim e'tirof etişadi. Bu jarayonlar boşlandi, endi ortga yöl yöq. Endi jurnalistlarning ham çekinişga haqqi yöq», dedi Gulnoza Husanova.