Samarqand viloyati hokimligi magistratura bosqiçida tahsil olayotgan talabalar uçun stipendiya joriy qildi. Stipendiya dasturida Samarqand viloyatida joylaşgan oliy ta'lim muassasalarida öqiyotgan Özbekiston Respublikasining barça fuqarolari iştirok eta oladi.
Kelib tuşgan arizalar içidan 10 nafar ğolib saralab olinadi va ularga 6 oy mobaynida har oy 1 million sömdan stipendiya beriladi.
Stipendiya dasturida iştirok etiş uçun davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida öqişning ahamiyati yöq, bunga çeklov qöyilmagan. Şuningdek, barça mutaxassislik magistrlari qatnaşişi mumkin.
Ğoliblarni saralaşda nomzodning a'lo öqişi, xorijiy tillarni bilişi, ijtimoiy hayotda faolligi va boşqa jihatlar inobatga olinadi.
Arizalar joriy yilning 31 dekabriga qadar www.metsenat.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Eslatib ötamiz, bugungi kunga qadar Metsenat.uz loyihasida yana uçta ta'lim granti e'lon qilingan edi. Bular:
1) Yoşlar işlari agentligi, Yoşlar ittifoqi va «Mehrli qöllar» xayriya fondi tomonidan barça talabalar uçun jami 400 mln sömlik grant (ariza topşirişning oxirgi muddati 10 dekabr);
2) Xushnudbek.uz Telegram kanali tomonidan Toşkent davlat yuridik universiteti talabalari uçun jami 30 mln sömlik grant (ariza topşirişning oxirgi muddati 14 dekabr);
3) «Najot ta'lim» markazi tomonidan tibbiyot sohasida öqiyotgan xotin-qizlar uçun jami 15 mln sömlik grant (ariza topşirişning oxirgi muddati 2021 yil 10 yanvar);
Ma'lumot örnida: Kun.uz naşri Metsenat.uz loyihasining rasmiy axborot hamkori hisoblanadi va saytda e'lon qilinayotgan barça grant hamda stipendiyalarni tarğib qilişga kömaklaşadi. Şu örinda yurtimizdagi barça korxona, taşkilot, kompaniyalar hamda saxovatpeşa tadbirkorlarni ilm-fanga, ta'limga beminnat homiylik qilişga çorlab qolamiz.
















