Buxoro viloyatining Kogon tumanida toshdan qog‘oz ishlab chiqarishga doir qariyb 4 mln dollarlik loyiha uchun tadbirkorga ajratilgan yer prokuror tashabbusi bilan davlat zaxirasiga qaytarib olingani haqida Kun.uz'da maqola e'lon qilingan edi.
Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov mazkur masala Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilayotganini ma'lum qilgandi.
Idora o‘rganishlarini yakunlab, o‘z axborotini e'lon qildi:
«Joriy yil 7 dekabr kuni Kun.uz saytida «4 million dollarlik loyiha barbod qilinmoqda» sarlavhasi ostida e'lon qilingan maqola hamda videolavha Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, Kogon tuman hokimining 06.04.2019 yildagi 733-sonli qarori bilan Kogon tumani, «Tutkunda» MFY hududidan fuqaro B.Toshevga «Yoshlar kelajagimiz» dasturi doirasida «Qog‘oz ishlab chiqarish zavodi»ni qurish uchun 1 gektar ekin yer maydoni ajratilgan.
Kogon tumani hokimining mazkur qarori Kogon tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqaro B.Toshevga ajratilgan yer maydoni sug‘oriladigan yerlar toifasiga kirishi (Buxoro viloyat yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasining 03.03.2020 yildagi xulosasida 56 ball bonitetga ega sug‘oriladigan ekin yeri toifasiga kirishi qayd qilingan.) hamda Yer kodeksining 44-moddasiga zid ravishda
















