Holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi Kun.uz muxbiriga rasmiy ma'lumot berdi.
Voqea keça, 9 dekabr kuni sodir bölgan. Bu haqda Xöjayli tumani IIBga soat 17:00 da ma'lumot kelib tuşgan.
Yoş ota-ona va ularning farzandlari, şu kuni uyga mehmonga kelgan qarindoşi isitiş peçidan çiqqan gaz hididan zaharlanib olamdan ötgan. Bolakaylarning biri 11, ikkinçisi 7 yoşda edi.
Kun.uz muxbirining manbasiga köra, uy egalari isitiş peçidagi gazni oçiq holatda yoqqan.
Holat böyiça Xöjayli tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















