
Inspeksiya axborotiga ko‘ra, tekshiruvlar natijasida O‘zbekiston hududida pomidorning jigarrang burishish (ToBRFV) virusi aniqlanmagan.
Hozirgi kunda respublika hududiga pomidor va kalampir mahsulotlarining urug‘lari olib kirilishi to‘liq cheklangan. Mazkur urug‘liklarni eksport qiluvchi davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
26 noyabr kuni Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati («Rosselxoznadzor») ToBRFV virusnii vaj sifatida keltirib, Farg‘onadan Rossiyaga pomidor va qalampir mahsulotlari keltirishni taqiqlagan edi.
7 dekabrga kelib, «Rosselxoznadzor» Farg‘ona viloyatidan import qilinadigan barcha o‘simlik mahsulotlariga taqiq kiritdi. Bunga 1 tonna quritilgan o‘rikda lichinka shaklidagi 2ta kapr qo‘ng‘izi topilgani sababligi aytildi.
«O‘zdavkarantin»ning 13 dekabrdagi axborotida, kapr ko‘ng‘izi profilaktikasi maqsadida fitosanitar nazorat kuchaytirilgani, barcha omborlarni zararsizlantirish ishlari o‘tkazilayotgani ma'lum qilingan.
Inspeksiya rossiyalik rasmiylar bilan muzokara o‘tkazish orqali cheklovlarni bekor qilish choralari ko‘rilayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Rosselxoznadzor» pomidorning jigarrang burishish virusini sabab sifatida ko‘rsatgan holda Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridan ham qalampir va pomidor importini to‘xtatib qo‘ygan.
Oliy Majlis deputati, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodovning fikricha














