IIV YHXBB xabariga köra, “Yöl harakati qoidalari”ning 138-bandida “Kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şart”ligi belgilangan.
Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi "Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi 460-son qarori 2-bandida 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi böyiça talab avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi körsatilgan.
Uşbu masala yuzasidan IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining öz fikr mulohazalari mavjud bölib, tegişli takliflar tayyorlangan va uşbu yönalişda çora-tadbirlar belgilanmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.


















