Ayniqsa koronavirusga qarşi kuraş böyiça vaziyatga boğliq sönggi matbuot anjumanida respublikaning yetakçi olimlari, baland martabali va amalli şifokorlar, professorlar yoppasiga bu dorini yoqlab çiqqanlari juda ajoyib böldi.

3 avgust kuni AOKAda Soğliqni saqlaş vazirligi vakillari iştirokida bölib ötgan matbuot anjumani

Jahon olimlari bu borada bir fikrga kela olmay, tadqiqotlarni davom ettirayotgan bir paytda, bizning amaldor şifokorlar yakdil xulosaga kelib bölişganini, endi ortga yöl yöqligini yaxşilab anglatib qöyişdi.

Bu dori qöllanişiga qarşi çiqqanlar Özbekistonda ham bor edi. Ammo ularning ovozi pasaytirildi, özlari esa hatto «birorta bemorning pulsini uşlab körmagan, amaliyotdan yiroq nazariyaçilar» deya baholandi.

Aslida, mahsulotni hamişa xaridor tanlaydi. Biroq mablağni jalb etişi böyiça har qanday mahsulot bilan bellaşa oladigan va yengib yuborişga qodir dori vositalarining yöriği boşqaçaroq. Joni oğrib turgan, ayniqsa bugungi pandemiya davrida, vahimalar urçib turgan paytda har közga umid bilan tikilayotgan bemor uçun şifokorning sözi qonun darajasiga çiqadi. Agar davolovçi şifokor «Plakvenil»ni qabul qilişni buyursa, bemor şu paytga qadar bu dori haqida ming xil gap eşitgan bölsa ham, yöq deya olmaydi. Sababi – tib xodimlari tanqis bölib turgan bir paytda qat'iy talabni rad etiş aqlga siğmaydi, bunday qilingan taqdirda ham şifokordan javobgarlik soqit qilinganday böladi. Ya'ni «aytganimni qilmading, soğayişingga kafolat bera olmayman...» degan pisanda qilinişi ehtimoli bor.

Bular ham mayli, öşa tadbirning gultoji «Dori-darmon» aksionerlik kompaniyasi boşqaruv raisi Umida Saidovna Solihboyevaning mikrofonni bot-bot olib, «Plakvenil» dorisining naqadar samaradorligini isbotlaşga urinişi böldi.