Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev mamlakatda Renessans – uyğoniş davri zamirida yotuvçi asosiy omillarni sanab ötdi.

«Birinçidan, insoniyat körgan barça Renessanslarga birdek xos bölgan xususiyat – antroposentrizmdir. Uyğoniş davrlarining barçasida fan, ta'lim va madaniyat gumanistik ğoyalarga tayangan holda dunyoviy xarakterga, ratsional mazmunga ega bölgan. Ilmiy izlanişlar, madaniyat va fanda Hazrati Inson, uning hayoti va faoliyati, fikr va hissiyotlari, muammolari, umidlari gavdalantirilgan. Renessans inson ehtiyojlari, erkinliklari va huquqlarini ta'minlaşdan boşlanadi.

Ikkinçidan, Markaziy Osiyodagi birinçi Renessans ma'rifatparvar Islom dini gullagan davrga töğri keladi. Öşa paytda fan va san'atning mislsiz yuksalişi ma'rifatga ixlos qöyiş, fanga topiniş bilan boğliq. Zero, «Alaq» surasining birinçi oyatidayoq «Öqing. Sizni deb Parvardigoringiz insoniyatga qalamni örgatdi. U öta karamli Zotdir», deyiladi.

Renessansning uçinçi omili öşa davr jamiyatida yuqori iqtidorli, ilmga intilgan, erkin fikr yurituvçi, davlat tomonidan e'zozlangan va rağbatlantirilgan şaxslar yaşagani bilan boğliq. Fan va innovatsiya har bir Renessansning poydevoridir. Bugun innovatsiya xohişga boğliq ixtiyoriy qaror emas. Innovatsiya bu – zarurat, davr talabi.

Törtinçidan, jamiyatda erkin fikr yuritiş muhiti mavjud bölgan. Ilmiy va madaniy asarlar jöşqin intellektual hayot, keskin bahslar hosilasidir. Ibn Sino, Beruniy kabi allomalar ilmiy hamjamiyat oldida eng qaltis savollarni berişdan hayiqişmagan. Ortodoksal qatlamlar bilan bahslaşa olişgan. Zero, Renessans ğoyalar xilma-xilligini talab qiladi.

Uyğoniş davrining şakllanişiga ta'sir körsatgan yana bir omil – dunyoga oçiqlik, taşqi aloqalarning keng qamrovligidir. Yirik makromintaqada muştarak madaniyatlar, gumanitar makon vujudga kelgan. Buyuk ipak yölidagi savdo aloqalari nafaqat tovar, balki madaniyatlar va fikr almaşinuvida ham muhim rol öynagan», – dedi Safoyev Özbekiston madaniy meros haftaligi doirasida ötkazilgan «Özbekiston madaniy boyligi – yangi Renessans poydevori» nomli IV Xalqaro kongressdagi nutqida.