Joriy yilning 17 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartirişlar kiritiş, şuningdek, ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi 796-son qarori qabul qilindi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori asosida barça avtomototransport vositalari uçun yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlaniş talabi bekor qilindi.
Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6ta holat böyiça majburiy etib belgilandi:
- transport vositalari taşkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
- yölovçilarni taşiyotgan avtobus va yönalişli transport vositalarida;
- bolalar guruhini taşkiliy taşişda;
- xavfli, katta ölçamli va oğir vaznli yuklarni taşişda;
- mexanik transport vositalarini şatakka olişda;
- mototsikl va mopedlarda.
Uşbu talablar yöllarda harakat xavfsizligini ta'minlaşga, şuningdek, yöl harakati iştirokçilarining hayoti va soğliğini asraşga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.


















