Majlisda «Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun muhokama qilindi va senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Hujjatga köra, şaxsning qadr-qimmatini kamsituvçi, uni obrösizlantirişga olib keladigan, jamoat tartibi yoki xavfsizligi uçun tahdidga ega bölgan yolğon axborotni tarqatiş, şuningdek, ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya yoki internet tarmoqlariga joylaştiriş orqali tarqatganlik uçun javobgarlik belgilandi.

Şu bilan birga, qonunda axborot egalarining söz mas'uliyati va uning oqibatlari böyiça javobgarlikni his qilişi, boşqa şaxslarning huquqlari kafolatlanişi ham tegişliça belgilab qöyilgan.

Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi örinbosari Mahmud Parpiyev mazkur qonunni işlab çiqişda 30dan ortiq mamlakat qonunçiligidagi tajribalar örganilganini aytib ötdi.

«Xususan, Hamdöstlik va Yevropa mamlakatlari qonunçiligida OAV yoki internet tarmoği orqali tuhmat, haqorat şuningdek, şaxsni kamsitiş, unga nisbatan ommani çalğituvçi axborot tarqatganlik uçun huquqni çeklaş bilan boğliq turliça jinoiy jazolar va yuqori jarimalar belgilangan.

Masalan, Fransiyada bunday qilmişlar uçun 569 ming yevro jarima yoki 5 yilgaça qamoq jazosi, Rossiya Federatsiyasida 500 mingdan 5 mln rublgaça jarima yoki 160 soatdan 480 soatgaça majburiy jamoat işlari belgilangan.

Şuningdek, Germaniyada bunday harakatlar uçun 3 oydan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi örnatilgan bölib, böhton yoki yolğon axborot tarqatiş vatanga xiyonat darajasida baholangan.

Hatto OAV sohasida ustuvor erkinlik amal qiladigan Norvegiya qonunçiligida ham tuhmat, haqorat va yolğon axborot uçun tegişli jarima hamda 1 yilgaça qamoq jazosi mavjud. Bu haqida Norvegiya konstitutsiyasida mustahkamlab, yozib qöyilgan ekan.

Öz örnida köpçilikni qiziqtiradigan AQŞning 19ta ştatida qat'iy jinoiy javobgarlik amal qiladi. Ya'ni, OAVda tuhmat, haqorat, şuningdek jamoaviy ayblaş uçun sud tartibida 10 mingdan to 250 ming dollargaça jarima yoki 6 oydan 10 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.

Italiyada esa tuhmat yoki uydirma, ommani çalğituvçi axborot tarqatgan OAV yoki internet manbasidan taşqari, bunday axborotni köçirib bosgan yoki tarqatgan barça şaxslar teng javobgarlikka tortiladi. Ularga 500 dan 2000 yevrogaça jarima yoki 6 oydan 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.