Jahon | 17:20 / 25.12.2020
5367
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Jyek Maga nisbatan surishtiruv boshlanganidan so‘ng uning boyligi 3,6 mlrd dollarga kamaydi

Jyek Ma Xitoyning eng boy kishilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Foto: Valery Sharifulin/TASS Host Photo Agency/Pool via REUTERS

Alibaba asoschisi Jyek Maning boyligi 3,6 mlrd dollarga kamaydi, deb xabar bermoqda Forbes.

Ma'lum qilinishicha, 24 dekabr kuni xitoylik milliarder kapitali kamayishi bo‘yicha barcha milliarderlar orasida antirekord o‘rnatgan.

Payshanba kungi savdolar yopilishi arafasida Maning boyligi 57,3 mlrd dollar deb baholangan. Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, u Xitoyning eng boy kishilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jyek Ma saltanati oxirgi bir necha oydan beri inqiroz holatida, deya qayd etadi Bloomberg agentligi. 3 noyabrda Xitoy hukumati Alibaba’ga tegishli  Ant Group korxonasining IPO’sini (IPO - aksiyalarning birlamchi ommaviy taklifi) to‘xtatib qo‘ygandi. Agentlikning yozishicha, hukumat Jyek Maga mamlakatni tark etmaslikni tavsiya qilgan.  

24 dekabr kuni Alibaba Group’ga nisbatan antimonopol tergov boshlanishi haqida xabar tarqaldi. Bu xabar ortidan kompaniya aksiyalari 11 foizga arzonlashib ketdi va kompaniya kapitallashuvi 694,65 mlrd dollardan 614,5 mlrd dollargacha, ya'ni 80 mlrd dollarga qisqargan.

Mavzuga oid