Anjumanda ilmiy yutuqlar va innovatsion jarayonlarning özaro boğliqligi böyiça fikrlar, ilmiy va amaliy tajriba almaşildi. Tadbirning asosiy maqsadi ilmiy jamoatçilikka va salohiyatli investorlarga quriliş materiallari sohasidagi zamonaviy yutuqlarini taqdim etiş, şuningdek muammolarga oydinlik kiritiş hamda zamonaviy tendensiyalar va ilm-fan, muhandislik va texnologiyaning ustuvor yönalişlarida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan bölişişdir.

Şu bois quriliş industriyasi böyiça dolzarb mavzularda taqdimotlar ötkazildi. Jumladan, “Mahalliy xomaşyolar asosida yangi turdagi innovatsion quriliş materiallari işlab çiqariş imkoniyatlari va salohiyati”, “Quriliş materiallari sanoatiga innovatsiyalarni joriy etişdagi muammolar va yeçimlar”; “Quriliş materiallari sohasini innovatsion rivojlantiriş hamda quriliş va loyihalaştirişning zamonaviy texnologiyalarini joriy etiş”, “Quriliş materiallari işlab çiqariş korxonalari uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş muammolari” va “Quriliş materiallari işlab çiqaruvçi korxonalarning işlab çiqariş quvvatini oşiriş va energiya tejamkorligini ta'minlaş imkoniyatini beruvçi zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni işlab çiqariş jarayonlariga joriy etiş” yönalişlarida ilm-fan yutuqlarini joriy qiliş böyiça ma'ruzalar qilindi, fikr va mulohazalar bildirildi.

Anjumanda Innovatsion rivojlaniş vazirining örinbosari Azimjon Nazarov, Quriliş vaziri örinbosari Erkin Iskandarov, “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi boşqaruv raisining birinçi örinbosari, texnika fanlari doktori Azizbek Bahodirov, Toşkent arxitektura-quriliş institutining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori, i.f.d., professor Ravşan Nurimbetovning ma'ruzalari tinglandi.

Onlayn tarzda ötkazilgan tadbirda şuningdek, 15 ga yaqin vazirlik, idoralar va davlat qömitalari, 20 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining 150 nafarga yaqin ilmiy-izlanuvçilar, fan nomzodlar, fan doktorlari, ilmiy tadqiqotçilar, magistrlar hamda korxona va taşkilot vakillari tomonidan 70 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar bilan iştirok etdilar.

“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi Matbuot xizmat