25 dekabrdan boşlab Özbekistonga koronavirus hamda uning yangi ştammi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida xorijdan kirib keluvçi barça şaxslar öz hisobidan çegara punkti hududida koronavirusga ekspress test oliş tartibi joriy qilindi. Bu öz örnida ayrim tuşunmovçiliklar va noroziliklarga sabab böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu xizmatning qimmatligi, yölovçilarning vaqtini olib tirbandliklar paydo bölayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz muxbiri holatni örganiş maqsadida Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida böldi.
Aeroportda tirbandlikning oldini oliş maqsadida yölovçilar oqimi terminalning 5ta zonasiga yönaltirilmoqda. 5ta bankomat va 2ta valuta ayirboşlaş şoxobçalari yölovçilarga xizmat körsatmoqda. Aeroportning uçib keliş zalida har 15-20 daqiqada ijtimoiy masofani saqlaş va pandemiya qoidalariga amal qiliş böyiça ovozli eslatmalar e’lon qilib boriladi.
«Uzbekistan Airports» AJ Toşkent xalqaro aeroporti direktorining Taşuvlar va turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Umid Hamrayev aeroportda yölga qöyilgan işlar böyiça ma’lumot berdi.

«Yurtimizga kerib kelayotgan yölovçilarda PZR testining manfiy natijasi töğrisidagi ma’lumotnoma mavjudligidan qat’i nazar ulardan belgilangan tartibda ekspress test olinişi belgilab qöyilgan.
Toşkent xalqaro aeroportining «Tibbiyot dunyosi» MÇJ bilan imzolagan şartnomasiga köra, test tahlillarini oliş vakolati ularga yuklatilgan va yölga qöyilgan. Yölovçilarning katta oqimi kirib kelganda, ularni taşkil qilingan 5ta zonaga yönaltiriş işlari aeroport xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Hozir bizga Maşhad-Toşkent yönalişida reys taşrif buyuradi. Jarayonni kuzatişingiz mumkin», dedi u.

«Tibbiyot dunyosi» MÇJ direktor örinbosari Bahrom Almatov aeroportga kelgan yölovçilar ekspress test topşirişi uçun 150 ming söm narx belgilangani, 28 dekabrdan bu narx 95 ming sömga tuşirilgani, talabalar esa 50 ming evaziga test topşirişlari mumkinligini ma’lum qildi.



















