Nigerda 2 yanvar kuni terrorçilar tomonidan 100 kişi öldirilgani munosabati bilan uç kunlik motam e'lon qilindi. Bu haqda mamlakat içki işlar vaziri Alkaş Alhada ma'lum qildi.

 "Biz butun mamlakat böyiça uç kunlik motam e'lon qildik", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda France-Presse agentligi.

Alhadaning sözlariga köra, uşbu qaror Niger milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişida qabul qilingan.

2 yanvar kuni ikki guruhga bölingan terrorçilar mototsikllarda Tillaberi rayonidagi ikkita qişloqqa hujum uyuştirgan. Çoma-Bangou qişloğida 70, Zarumadarey qişloğida 30 kişi öldirilgan, yana 25 kişi oğir jarohatlangan, deb xabar qildi okrug meri Almu Hassane.

Tillaberi rayoni uç mamlakat - Niger, Mali va Burkina-Faso çegaralari kesişgan strategik muhim hududda joylaşgan. Afrikaning bu qismida "Ğarbiy Afrikadagi islom davlati" terrorçilik guruhi harakat qiladi. Tillaberi rayonida 2017 yildan buyon favqulodda holat rejimi amal qiladi.