Konstitutsiyaga kiritiladigan özgarişlar asosan sudlar faoliyatiga oid bölib, 14ta hududda umumyurisdiksiya sudlari taşkil etiladi, tuman (şahar) ma'muriy sudlari tugatiladi.

Ma'lumot uçun, jamoatçilikda paydo bölgan haqli e'tirozlardan söng, 2020 yil 30 dekabr kuni «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun matni Senat saytida e'lon qilingandi.

Eslatib ötamiz, Senat kengaşi 11 dekabrdagi qarori bilan Konstitutsiyaga özgartiş kiritiş masalasini palataning 18 dekabrdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritgan edi.

Bu qanday özgariş ekani jamoatçilikka ma'lum qilinmadi. Qonunni deputatlar qaçon qabul qilib ulgurgani haqida ham savollar paydo böldi.

18 dekabr kuni esa Senat yalpi majlisida rais Tanzila Norboyeva Konstitutsiyaga özgartiş kiritiş haqidagi qonun bu majlisda körilmasligini, bu masalada xalq bilan bamaslahat iş qilinişini aytdi.

Ma'lum bölişiça, yalpi majlisdan bir kun oldin Senat kengaşining qarori çiqarilgan bölib, unga binoan «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun yalpi majlis kun tartibidan olingan.

1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Özbekiston Konstitutsiyasiga şu paytgaça 14 marta özgartiş kiritilgan.

Konstitutsiyaning eng sönggi 128-moddasi talabiga köra, Oliy Majlis tegişli taklif kiritilgandan keyin 6 oy mobaynida Konstitutsiyaga özgartiş va tuzatişlar kiritiş töğrisida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilişi mumkin.