Respublika böyiça 14–30 yoş oraliğidagi 4458 nafar respondent orasida ötkazilgan sörov hisobot xulosalari uçun asos bölib xizmat qilgan.
«Özbekistonda bolalar va 30 yoşgaça bölganlar aholining 60 foizini taşkil qiladi. 15–20 yildan keyin ular mamlakat tarixida eng katta hajmdagi işçi kuçini hosil qiladi. Şu bois bolalar va yoşlar masalalari Özbekiston uçun ustuvor ahamiyatga ega», deyiladi hisobotda.
Ötkazilgan sörov xulosalariga köra, Özbekiston böylab tahsil oluvçilar umumiy hisobda ta'lim infratuzilmasi (öquv materiallari, ta'lim muassasalaridagi muhit)dan qoniqişini bildirgan bölsa-da, qişloq hududlarida şaharga nisbatan ahvol yomonroqligini aytişgan.
Şuningdek, talabalar öquv tizimi köproq motivatsiya uyğota oluvçi, amaliyotga yönaltirilgan bölişini, til könikmalari iş savodxonligini oşirişni xohlaşlarini aytişgan.
«Köplab talabalarda ta'lim bilan boğliq xarajatlar stress va çorasizlik hissini çaqiradi. Bu xarajatlar qatorida yoşlar repetitorlik maşğulotlari uçun tölov, pora beriş holatlari, OTMlarda öqiş tölovlarining yuqoriligini körsatişgan», deyiladi hisobotda.
Uy va oila yumuşlari, yangi iqtisodiy imkoniyatlar izlaşda mobillikning pastligi yoş ayollarning şaxsiy daromadiga ega bölişiga tösqinlik qiladi.
19–30 yoşlilar orasida ta'limni, kasbiy tayyorgarlikni davom ettirmaydiganlar va işlamaydiganlar uluşi 54,6 foizini taşkil qiladi. Bu borada ayollarning uluşi sezilarli darajada köp – 74 foiz.
Mamlakat yoşlarining kompyuterni örganişga qiziqişi yuqori bölsa-da (86,9 foiz), kompyuterda umuman işlay olmaydigan yoşlar – asosan ayollar va qişloq hududida yaşovçilar qatlami ham (37,8 foiz) mavjud.
Yoşlar isloh qilinişi zarur bölgan sohalar qatorida sifatli ta'lim, kasbiy tayyorgarlik, yoşlar orasidagi işsizlik va daromadlar pastligi bilan samarali kuraş, erta turmuş, ajrimlar, katta va yoş avlod örtasidagi ziddiyat kabi ijtimoiy muammolarni körsatişadi.
Yoş avlodning aksariyati siyosiy yangiliklarga qiziqiş körsatib, öz fikrini erkin ifodalay olişini bildirsa-da, juda kamçilik yoşlar jamoat va siyosiy taşkilotlar faoliyatida iştirok etadi.













