Ma’lum qilinişiça, bugun, 8 yanvar kuni, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasidagi har birining quvvati 450 MVt bölgan ikkita energoblok yana öçib qolgan. Şu sababli Qaşqadaryo viloyatining ayrim hududlari elektr ta’minotida uzilişlar kuzatilmoqda.
Şahrisabz şahri, Qamaşi, Yakkaboğ, Şahrisabz, Kitob, Çiroqçi, Ğuzor, Nişon tumanlari elektr ta’minotida töliq uziliş kuzatilayotgani aytilgan.
Energetika vazirligi matbuot xizmati e’lon qilgan xabarda aytilişiça, soat 10:27da va 10:31da Talimarjon IESning 2- va 3-buğ-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining işlaşi natijasida uşbu BGQlari faoliyati töxtatilgan.
Buning natijasida, respublikaning ayrim hududlari böylab elektr energiyasi ta’minotida umumiy 446 MVt quvvatda çeklov kiritilmoqda. Energetika vaziri Alişer Sultonov boşçiligidagi mutaxassislar mazkur stansiyaga uçib ketgan.
Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan töxtatiliş sabablari aniqlanmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, Energetika vazirligi elektr energiyasida kuzatilayotgan uzilişlar böyiça bayonot bergandi. Markaziy Osiyo va Qozoğistonni boğlovçi yagona energetik tizimining elektr uzatiş tarmoqlarida rejadan taşqari sodir bölgan uzilişlar sababli avariyaga qarşi avtomatika işlagan.
Energetik qurilmalarga şikast yetmaslik uçun uskunaning texnologik himoyasi avtomatik ravişda işlagan va ayrim elektr stansiyalardagi energobloklar öçirilgan. Xususan, Töraqörğon IESda quvvati 750 MVt dan 500 MVt gaça, Taxiatoş IESda 280 MVt dan 150 MVt gaça, Navoiy IESda 450 MVt dan 230 MVt gaça va Toşkent IESda 370 MVt dan 180 MVt gaça quvvat kamaygan. Talimarjon IESning umumiy quvvati 900 MVt bölgan ikkita BGQlari öçirilgan.
















