Özbekiston aholisining katta qismi hamon qişda uyini tabiiy gaz emas, kömir va ötin bilan isitmoqda.

Kun.uz muxbiri Andijon viloyatidagi kömir va ötin bozorlaridagi narx-navo bilan tanişib, sovuq kunlarda aholi öz xonadonini isitişga qança mablağ sarflayotganini örgandi.

Kömir va ötin bozorida

Yoqilği mahsulotlari narxini biliş maqsadida Oltinköl tumanining Qöştepa qişloği va Andijon şahri Nayman köçasida faoliyat yurituvçi kömir bozorlarida böldik.

Mazkur bozorlarda tadbirkorlar qöşni Qozoğiston va Qirğizistondan keltirilgan kömir mahsulotlarini sotmoqda. Bir kilogramm kömirning narxi sifati, yirik yoki maydaligiga qarab 800–1200 söm atrofida.

Bozor savdogarlari bizga tez gurillab yonib tugaydigan arzon kömirlarni, uzoq vaqt çöğ bölib turadigan narxi balandroq va yana ularning ta'biriça «atirguldek yonib turuvçi» eng qimmat kömirlarning yonişini öz peçlarida körsatib ham berişdi.

«Özbekiston kömirlarini sotmaymiz. Sababi, özimizni kömirlar asosan davlat tomonidan, MFYlar orqali tarqatiladi. Mahsulotni qöşni Qirğiziston va Qozoğistondan keltiramiz. Xaridor talabiga qarab, kömirni uyigaça olib boradigan xizmatlarni yölga qöyganmiz», deyişdi tadbirkorlar.

Ötin bozori Andijon şahridagi «Yangi bozor» hududida. Savdogarlarning aytişiça, ötgan yili ötin narxi arzonroq bölgan. Hozirda bir «Labo» avtomobiliga joylangan, tayyor sarjinlangan örik ötinining bahosi 400 ming söm. Qopdagisi esa 15–20 ming sömdan.