Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, haydovçi gaz zapravka yaqinida «Jiguli» rusumli avtomaşinasini surib harakatlantirib kelayotgan vaqtida asfaltga yiqilib jarohatlanişi oqibatida vafot etgan. Namangan viloyat prokuraturasiga hodisa haqida tungi soat 01:30da xabar kelib tuşgan.
Marhum Kosonsoy tumanining «Obodon» mahallasida yaşagan I.J. ekani aniqlangan.
Dastlabki tibbiy ma'lumotnomada I.J tibbiy tez yordam xizmati xodimlari yetib kelgan vaqtda vafot etib bölgani qayd etilgan. Unda yuz sohasida şiliniş jarohatlari borligi, tanasining boşqa qismida tan jarohatlari yöqligi ma'lum qilingan.
Hozirda holat yuzasidan örganiş işlari olib borilmoqda.
- Eslatib ötamiz, yanvar oyi boşida Özbekistondagi barça gaz zapravkalari iş vaqti çeklandi, 5 yanvardan boşlab gaz quyiş şoxobçalari soat 15:00dan 05:00gaça yopiq bölmoqda. Energetika vazirligi buni gazni birinçi navbatda aholi xonadonlariga yetkazib beriş zarurati bilan izohlagan.
















