“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi Axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 2021 yilning özida jami 327,6 mln dollar investitsiyani özlaştiriş rejalaştirilgan, şundan 215,0 mln dollar töğridan töğri xorijiy investitsiyalar va kreditlardir. Yirik loyihalar, asosan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Farğona, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahrida amalga oşiriladi.
Jumladan, eng yirik loyihalardan biri "Qizilqumsement" AJda amalga oşiriladi. Korxonada klinker işlab çiqariş böyiça umumiy qiymati 126 mln dollar bölgan 4-liniya işga tuşiriladi. Natijada korxona yillik sement işlab çiqariş quvvati 2,2 mln tonnaga ortib, jami 5.5 mln tonnaga yetkaziladi.

Navoiy viloyatida, şuningdek, "PETRAWOOL" MÇJ tomonidan bazalt toşidan issiqlik saqlovçi plitalar işlab çiqariş (umumiy qiymati 18,2 mln dollar), Tomdi tumanida "Mega kvars" MÇJda kvars qumini qazib oliş va qayta işlaş (umumiy qiymati 3,9 mln dollar) kabi loyihalar işga tuşadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida qöşimça yiliga 1 mln tonna sement işlab çiqariş böyiça "Qoraqalpoqsement" MÇJ QKda qiymati 50 mln AQŞ dollari bölgan yirik investitsiya loyihasi amalga oşiriladi, ya'ni korxonaning 3-bosqiçi foydalanişga topşiriladi. Natijada sement işlab çiqariş quvvatlari 1,4 mln tonnaga yetadi va 100 dan ortiq yangi iş örni barpo qilinadi.

Farğona viloyatida quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça 5 loyihaga 50 mln dollar investitsiya jalb qilinişi kutilmoqda. Natijada, "Knauf Gips Farğona" xorijiy korxonasida gipsokarton listlari, "Azamat savdo Ziyo" va "Ulugbek export trade" jamiyatida mix va burama mixlar, "Flat Tile" jamiyatida keramogranit va metallogranit, "Agro Impex Valley" jamiyatida metall konstruksiyalar işlab çiqariş yölga qöyiladi.
Toşkent viloyatida ham köplab investitsiya loyihalari amalga oşirilyapti. Xususan, hududda joriy yilda quvvati 30 ming tonna bölgan kvars qumidan mineral plitalar işlab çiqariş imkoniyatiga ega yangi korxona işga tuşiriladi. Şuningdek, linoleum, avtoklav gazobeton bloklari, olovbardoş ğiştlar, burama mixlar, asfalt va temir-beton buyumlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonalar foydalanişga topşiriladi.

“Oriyent keramiks” jamiyati tomonidan Toşkent şahrining Sergeli tumanida yiliga 9,0 mln kv.m. keramik plitalar işlab çiqariş imkoniyatiga ega yangi korxona barpo etilmoqda. Şuningdek, poytaxtdagi "ALMUS" jamiyatida ham 6,0 mln dollar investitsiya hisobiga yoğoç qirindi plitalarni laminatsiya qiliş, "GRAND ROAD TASHKENT" jamiyati tomonidan tabiiy pardozbop toşlarni qayta işlaş orqali yiliga 80 ming kv.m. plital işlab çiqariş loyihalari amalga oşirilyapti.

















