13 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlaridan bir guruhi harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. 14 yanvar kuni mukofotlarni topşiriş marosimi bölib ötdi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, mudofaa vaziri Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan Toşkent şahridagi Xalqlar döstligi saroyida ötkazilgan bayram dasturida ham general-leytenant harbiy unvonli formada mehmonlarga prezident tabrigini öqib eşittirgan.

- Bahodir Nizamoviç Qurbonov 2015-2018 yillarda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi boşliği sifatida işlagan, 2018 yil fevralida unga general-mayor harbiy unvoni berilib, Toşkent harbiy okrugi qöşinlari qömondoni lavozimiga tayinlangan. 2019 yil fevralida esa u Özbekiston mudofaa vaziri sifatida iş boşlagandi.
- Ma'lumot uçun, general-leytenant harbiy unvoni Özbekistonda darajasi jihatidan 3-örinda turadi - armiya generali va general-polkovnik unvonlaridan keyin.













