“Ommaviy axborot vositalari oçiqligi böyiça tanlagan yölimiz, söz erkinligi böyiça siyosatimizdan orqaga qaytmaymiz. Bu albatta ayrimlarga yoqmaydi. Lekin aynan jurnalistlar, blogerlar jamiyatimizda köpçilikni qiynayotgan jiddiy muammolar haqida bizni ogohlantiryapti”, – dedi prezident.
Tadbir davomida Yunusobod tumani faollaridan biri tomonidan ajrimlarni kamaytiriş maqsadida turmuşning dastlabki yillarida ajraşişni qonun yöli bilan taqiqlaş, şuningdek, telekanallarda namoyiş etilayotgan dasturlardan birida qizlarning özlarini yigitlarga tavsiya qilişi körsatiladigan dasturni töxtatiş taklifiga davlat rahbari batafsil javob qaytardi.
“Albatta, sizni töğri tuşunyapman, farzandlarimiz kelajagini öylab şu takliflarni aytyapsiz. Ammo ajrimlarni qonun yöli bilan töxtatişga urinsak, inson huquqlari masalasi örtaga çiqadi. Yengil-yelpi teledasturlarga kelsak, ularni töxtatib taşlaş mumkin, lekin bu senzura deya baholanmaydimi? Uning örniga qanday körsatuv yaratiladi? Nafaqat nodavlat, balki davlat telekanallarida ham saviyasiz dasturlarga közim tuşadi. Biz ularni butunlay töxtatiş haqida emas, saviyasini oşiriş haqida öylaşimiz lozim”, - dedi prezident.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev taşqi siyosat masalalariga ham töxtaldi.
“Qöşnilarimiz bilan albatta yaxşi munosabatda bölişimiz lozim. Qator davlatlar rahbarlari bilan muntazam aloqada bölib turibman. Çunki döstlik har taraflama foydali. Biz okeanlar böyida emasmiz, bozor topiş, iqtisodni rivojlantiriş böyiça eng jiddiy muammolardan biri – yöl. Afğoniston orqali Pokistonga çiqadigan temiryöl loyihasini imzoladik. Bu bizga ulkan imkoniyatlar beradi”, – dedi prezident.
Avvalroq, prezident Jizzax viloyati hokimining quriliş böyiça örinbosariga çora körişni talab qilgani xabar berilgandi.

















