Xususan, Namangan va Qaşqadaryo viloyatlaridagi gaz töldiriş şoxobçalari 24 soatlik iş rejimiga qaytgan.
Qayd etilişiça, bu çeklov töliq bekor qilinmagan, faqat viloyat va tumanlardagi gaz ta'minotiga oid vaziyatga köra ayni bir hududga xos tarzda qaror qabul qilinmoqda. Respublika miqyosida yakuniy qaror hali çiqarilmagan.
Energetika vazirligi magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimi ta'minlanişini yölga qöyiş maqsadida joriy yilning 5 yanvaridan boşlab avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarining iş vaqtini soat 15:00dan 05:00gaça çeklagan edi.
Bu çeklovlar ortidan haydovçilar va yölovçilar vaqtlarini yöqotayotgani, yölkiralar oşib ketgani, köplab mahsulotlar tannarxi ham qimmatlaşgan böyiça noroziliklar bildirgan. Namangan viloyatidagi şoxobçalardan birida navbatda turgan «Damas» avtomobili yonib ketgan, bir neça haydovçilar navbat talaşib muştlaşişgan, bir kişi esa navbat davomida vafot etgandi.

















