“Hurmatli prezident, deputatlar, meni bu yuksak lavozimga tayinlaganingizdan minnatdorman. Men yaxşi tuşunaman - bu men uçun bir sinov, bildirilgan işonç. Muhtaram prezident, siz bizga aniq vazifalarni belgilab berdingiz. Buxoro viloyatining salohiyatini, oçilmagan imkoniyatlarini körsatdingiz. Sizga va'da beraman, men bu işonçni oqlayman”, – deya viloyat hokimining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

“Hozir sizga katta mas'uliyat yuklanyapti. Juda köpçilik bizni kuzatib turibdi, bu davlat, bu millat şu sinovlardan çiqib keta olarmikan, deb. Barça mutasaddilar siz bilan tun-u kun işlaydi. Buxoroning vafot etgan ikki hokimini yaxşi nom bilan eslaymiz. Öktam Barnoyev ham, Karim Kamolov ham Buxoroning asl farzandlari edi, şu yurtni yaxşi körardi. Şularga munosib bölişingiz kerak.

Hamma şaroit bor, har taraflama qöllab-quvvatlayman. Prezident obröyi ham sizning timsolingizda. Men özim ham hokim bölib işlaganman, lekin bizda bunday vakolatlar yöq edi. Xalq sizdan qança rozi bölsa, men ham şunça xursandman”, – dedi davlat rahbari hokimga qarata.