Buxoro şahrida Xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat hokimining birinçi örinbosari lavozimiga investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari lavozimida işlab kelgan Nozimjon Xolmurodov tayinlandi.

Nozimjon Xolmurodov 1977 yili Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1998 yilda Turkiyaning Gazi universitetini, 2005 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 1998-2001 yillarda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tizimida, 2001-2005 yillarda Iqtisodiy noçor korxonalar işlari qömitasida, 2005-2006 yilda Monopoliyadan çiqariş, raqobat va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş davlat qömitasida, 2006-2010 yillarda qömitaning Toşkent şahar hududiy boşqarmasi boşliği bölib işlagan.

2010-2013 yillarda Toşkent şahar monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş hududiy boşqarma boşliği, 2013-2015 yillarda Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasida boşqarma boşliği, 2015-2017 yilda Mehnat vazirligi Mehnat muhofazasi va mehnat şaroitlari ekspertizasi boşqarmasi boşliği, 2017-2018 yilda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi hududlarning turizm salohiyatini  rivojlantirişni muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği bölgan.

Nozimjon Xolmurodov 2018-2019 yilda prezident administratsiyasi investitsiya jarayonlari va dasturlarini muvofiqlaştiriş şu'basi mudiri sifatida işlagan. 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari bölgan. 

Avvalroq, Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlangani xabar berilgandi.