Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Zangiota tuman bölimi va Maktabgaça ta'lim vazirligi mutaxassislari tumandagi 16-sonli boğçada tekşiriş ötkazdi. Bu haqda har ikki idora matbuot xizmati xabar qildi.

Tekşiruvda aniqlanişiça, MTT mudirasi va boşqalar 2014–2020 yillar davomida aslida boğçada işlamaydigan 37 kişini işga qabul qilib, hujjatlarni qalbakilaştirgan va 983,5 mln söm budjet mablağini talon-toroj qilgan.

37 kişidan 4 nafari mudiraning yaqin qarindoşi ekani aytilmoqda.

Boğça mudirasi va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.

Boğçalardagi «ölik jonlar»

MTVning Içki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boşliği Dilşod Normatov 2020 yil noyabrida Kun.uz'ga bergan intervyusida tizimdagi eng katta muammolardan biri deya MTTlardagi «ölik jonlar»ni aytgan edi.

«Ölik jonlar» – maktabgaça ta'lim taşkilotiga turli lavozimlarga rasmiylaştirilgan, lekin aslida taşkilotda işlamaydigan xodimlar. Bu yöl bilan boğça mudirasi «ölik jon» xodimlarga yozilgan iş haqlarini noqonuniy özlaştiradi, işlamaydigan «ölik jon» xodimlar esa noqonuniy mehnat stajiga ega böladi.

Audit tekşiruvlarida 2019 yilda 750 nafar, 2020 yilda 446 nafar «ölik jon» aniqlandi va töplangan hujjatlar yakuniy suriştiruv işlarini olib boriş uçun prokuratura organlariga topşirilgan.

«Ölik jonlar» bolalarning ta'lim-tarbiya olişiga va ularning MTTda tarbiyalanişi sifatiga salbiy ta'sir etib kelmoqda. Masalan, musiqa rahbari «ölik jon» bölsa, demak, bolalar musiqadan bilim ololmaydi. Hovli supuruvçi işlamasa, örniga boşqa xodimlar öz vazifasini taşlab, hovli supurişga majburlanadi. Bu – xodim özining vazifasini bajarişiga salbiy ta'sir körsatadi», – degandi Dilşod Normatov.