Joriy yilda aholiga körsatiladigan ijtimoiy yordam haqida Pensiya jamğarmasi ijro apparati bölim boşliği Abduraşid Ismoilov ma'lumot berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, Ijtimoiy himoya yagona reyestri amaliyotga joriy qilingan bölib, kam ta'minlangan va 2 yoşgaça farzandi bor oilalarga, şuningdek ,14 yoşgaça farzandi bor ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam taqdim etadi.

«Bu tizimning oldingi ijtimoiy xizmatlardan asosiy farqi – inson omili juda ham kam. Fuqaroning tegişli hujjatlari dasturga kiritilgandan keyin, uşbu şaxsning bir oyda qança daromad topişi, köçmas mulki, tölaydigan soliqlari, mehnat faoliyati kabi boşqa ma'lumotlarni dasturga tegişli vazirliklar va idoralardan topib, avtomatik soliştirişni amalga oşiradi va fuqaroga mumkin bölsa ijtimoiy yordam avtomatik tarzda belgilanadi», – dedi mutaxassis.

Bunda asosiy jihat oila a'zolariga töğri keladigan daromadlar har bir kişiga oyiga 358 ming sömdan kam bölgan yoki hududiy bandlik va mehnat munosabatlari bölimlarida işsiz sifatida röyxatda turgan holatlarda fuqarolarga ijtimoiy nafaqa tayinlanişi ma'lum qilindi.

Mutaxassisning axborotiga köra, fuqaro ijtimoiy yordam olişni xohlasa özining mahallasiga murojaat qilib, (tuman yoki şahar markazidagi pensiya jamğarmasi hududiy bölimlariga boriş talab etilmaydi) ariza, şaxsini tasdiqlovçi hujjat, nikoh guvohnomasi va farzandlar tuğilganligi haqida guvohnoma nusxalarini taqdim etadi (avval MFY fuqarodan oylik daromadlari, köçmas mulklari, avtomobil bor yoki yöqligi va boşqa köp hujjatlarni talab etgan).

Bunda MFY  raislari 2 iş kunidan keçiktirmagan holda pensiya jamğarmasiga hujjatlarni yetkazadi. Pensiya jamğarmasi arizani Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritgandan keyin, 10 kun muddat içida ariza körib çiqilib, arizaçining telefon nomeriga natijasi SMS xabarnoma şaklida ma'lum qilinadi. Agar fuqaro nima uçun arizasi rad etilganligi haqida ma'lumotlarni bilişni istasa, 1140 raqamiga yoki hududiy bölimlar telefon raqamlariga telefon qilib ma'lumot olişi mumkin.

Şuningdek, joriy yildan boşlab çet elda işlab yurgan fuqarolarning daromadi haqidagi ma'lumotlar ham banklarda fuqaroning hisobiga tuşgan mablağlarga qarab aniqlanişi va haqiqatan ham moddiy yordamga muhtoj bölganda ijtimoiy nafaqa berilişi yölga qöyilişi közda tutilgan.

«Oldinlari 10 kişi ariza bersa, qolgan 5 kişi kutib turgan, çeklovlar köp bölgan. Joriy yildan mahallada 1000 kişi bölsa, ularning hammasi ariza topşirişi mumkin, lozim topilganlarning hammasiga moddiy yordam körsatiladi», – dedi Abduraşid Ismoilov.