Unda Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov nodavlat umumta'lim muassasalari taşkil etiş böyiça Senatga taklif bilan çiqdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Özbekistonning aholi ziç joylaşgan hududlarida umumta'lim maktablarining yuklanganlik koeffitsiyenti 2 va undan ortiq bölgan qöşimça umumta'lim maktablarini taşkil etişga ehtiyoj mavjud.
Uşbu hududlarning şahar va tuman markazlarida joylaşgan foydalanilmasdan böş turgan yer uçastkalarini xususiy tadbirkorlarga nodavlat umumta'lim muassasalarini taşkil etiş uçun ajratiş kerak», – dedi vazir.
Şerzod Şermatovning ta'kidlaşiça, prezident farmoni bilan nodavlat umumta'lim muassasalariga beriş uçun böş yer uçastkalari (har bir hududda yiliga 50 lotdan kam bölmagan) röyxatini tasdiqlaş va ulardan foydalaniş huquqini «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonçasida realizatsiya qiliş belgilangan.
Ammo bugungi kunga qadar şu farmon ijrosi böyiça mahalliy hokimliklar tomonidan birorta ham yer uçastkalari xususiy tadbirkorlarga ajratilmagan.
«Xususiy tadbirkorlarga böş yer uçastkalarini nodavlat umumta'lim muassasasi taşkil etiş maqsadida ajratiş orqali, hududlardagi tölov qobiliyati yuqori bölgan aholi qatlamiga öz farzandlarini nodavlat umumta'lim muassasalariga beriş imkoniyati yaratiladi va umumta'lim maktablarining yuklanganlik koeffitsiyentini pasaytirişga erişiladi.
Natijada, nodavlat umumta'lim muassasalariga qamrab olingan öquvçilar sonining ortişi, kelgusida Davlat budjetiga tuşadigan yukning kamayişiga olib keladi», – dedi Xalq ta'limi vaziri.

















