Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari 29 yanvar kungi yiğilişda Prezident saylovlari sanasini özgartiriş va boşqa qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonunni qabul qildi.
«Qonunçilik palatasi deputatlari Prezident saylovlari sanasini özgartiriş va boşqa qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonunni qabul qildi. Xususan, siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasi davrida Davlat budjetidan ajratilgan mablağlar uçun Ğaznaçilikda hisobvaroq oçilmaydigan böldi», deyiladi Yuksalish — LIVE xabarida.
Hujjat Senatga yuboriladi.
Bundan avvalroq Özbekistonda prezident saylovlari oktabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkazilişi mumkinligi haqida xabar qilingan, bu masala quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yiğilişida muhokama qilingani, agar yangi tartib qabul qilinsa, 2021 yilgi prezident saylovlari 24 oktyabrga töğri kelişi aytilgandi.
Keyinroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Prezidentlik saylovi muddati köçirilişiga izoh bergan, amaldagi qonunçilikka muvofiq, Prezidentlik saylovi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga hamda mahalliy vakillik organlariga saylovlar tegişinça ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkazilişi, bu esa saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlarni ötkaziş, jumladan, Davlat dasturini qabul qiliş va boşqa islohotlarning keçiktirilişiga sabab bölişi aytilgan, şu sababli, qonun loyihasiga köra, saylovlarni oktyabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkaziş taklif etilayotgani ma'lum qilingandi.
- Ma'lumot uçun, prezident saylovini Özbekiston fuqarolari umumiy, teng va töğridan-töğri saylov huquqi asosida yaşirin ovoz beriş yöli bilan amalga oşiradi. Uşbu lavozimga 35 yoşdan kiçik bölmagan, davlat tilini yaxşi biladigan, bevosita saylovgaça kamida 10 yil Özbekiston hududida muqim yaşayotgan Özbekiston fuqarosi saylanişi mumkin. Özbekiston prezidenti beş yil muddatga saylanadi.














