“Muzokaralar davomida Kuvaytdan Özbekiston şaharlariga töğridan töğri aviareyslarni yölga qöyiş, mamlakatimizga kuvaytlik sayyohlar oqimini oşiriş va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi”, deyiladi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilişiça, Kuvayt tomoniga Özbekistonning turistik salohiyati, turizm sohasidagi islohotlar, fuqarolik aviataşuvlari bozorini liberallaştirişga oid çora-tadbirlar, hududiy aeroportlarda “oçiq osmon rejimi”ning joriy qilinişi haqida batafsil ma'lumot berildi.

Kuvayt delegatsiyasi vakillari 2021 yilning mart oyidan “Kuvayt - Toşkent” yönalişi böyiça muntazam aviareys oçilişiga, kelgusida esa Özbekistonning boşqa turistik markazlariga aviaqatnovlarni yölga qöyişga qiziqiş bildirişdi.

Xabarda aytilişiça, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi rahbariyati mehmonlarni “Jazeera Airways”ning Özbekistonga parvozlar geografiyasini kengaytirişga doir taşabbuslarini töliq qöllab-quvvatlaşga hamda tez orada aviareyslarni yölga qöyişga ruxsat olişga kömak berişga işontirdi.

Ma'lumot uçun: “Jazeera Airways” Kuvaytning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bölib, Yevropa, Yaqin Şarq va Osiyoning 40 ga yaqin mamlakatiga muntazam reyslarni amalga oşiradi.