Hukumat qarori bilan Quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni amalga oşiriş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Uşbu Nizom bilan barça turdagi quriliş çiqindilari takroriy foydalanişga, utilizatsiya qilişga, qayta işlaşga yönaltirilişi kerakligi belgilandi.

Şuningdek, quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni amalga oşiriş xarajatlari loyiha-smeta hujjatlarida majburiy tartibda nazarda tutilişi va quriliş işlari qiymatiga qöşilişi belgilandi.

Quriliş çiqindilarini vaqtinça saqlaş ularning xavflilik sinfiga köra:

  • xavfsiz quriliş çiqindilari vaqtinça saqlaş joylarining oçiq maydonçalarida;
  • xavfli quriliş çiqindilari majburiy tartibda konteynerlar, çiqindi qutilari va çiqindilarning fuqarolar soğliği hamda atrof-muhitga zararli ta'siridan muhofaza qilişni ta'minlovçi boşqa idişlarda amalga oşiriladi.

Qaror 2021 yil 29 apreldan kuçga kiradi.