Özbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilning taklifi bilan «Damas» rusumli (va boşqa barça) avtotransport vositasida yölovçi taşiş faoliyatiga maxsus komissiya tomonidan ruxsat beriladi. Bu haqda Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining yiğilişi bayonida ma'lum qilingan. 

Ta'kidlanişiça, bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik tartiblarga qat'iy rioya qiliş söraladi.

Koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida 2020 yil 22 martdan Toşkent şahrida jamoat transportlariga qöyilgan vaqtinçalik taqiq 23 martdan boşlab qator viloyatlarda ham turli şakllarda amal qila boşlagandi.

Masalan, viloyat hokimining farmoyişi bilan, 23 martdan boşlab, viloyat hududida yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi, mulkçilik şaklidan qat'i nazar «Damas» rusumli avtotransport vositalarining Namangan şahri hududida harakatlanişi vaqtinçalik töxtatiladi.

Toşkent viloyati maxsus komissiyasining topşiriğiga muvofiq, 2020 yilning 15 sentyabridan boşlab Toşkent viloyati hududida yönalişli taksi yönalişlarida «Damas» rusumli yengil avtomobillar qatnovini qayta tiklaşga ruxsat berilgandi.