Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlaridan Özbekistonga kiriş va çiqiş böyiça taqiq bahorgaça amal qiladi.

Mazkur çeklovlar 21 dekabrdan joriy etilgan, keyinçalik 1 fevralgaça uzaytirilgan edi.

Eslatib ötamiz, röyxatdagi 8ta mamlakatda sönggi 14 kun davomida bölgan şaxslar çeklov davrida Özbekistonga kiritilmaydi.

Sönggi 14 kun davomida bu davlatlarda bölgan holda uçinçi davlatlar orqali kelayotgan Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar 14 kun davomida vaqtinçalik karantinda saqlaş majmuasi yoki tegişli mehmonxonada karantinga olinadi.