Özbekiston paxta dalalarida majburiy mehnatga barham beriş maqsadida taşkil etilgan Cotton Campaign hamasosçisi Bennett Freeman işonç bildirişiça, mamlakat hukumati paxta yetiştiriş sohasida majburiy mehnatni yöqotiş böyiça mamlakat hukumatining qat'iyati mustahkam va özgarmas bölib qoladi. Friman Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida taşkil etilgan «Munosib mehnat orqali barqaror rivojlaniş sari» davra suhbati çoğida şunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
«Biz XMT (Xalqaro mehnat taşkiloti)ning Uçinçi tomon monitoringi çoralari ahamiyatini hamda fuqarolik jamiyati hisobdorligi va uyğun nazoratining muhim örnini anglaymiz. Butun dunyoni va uşbu mamlakatni qamrab olgan pandemiyaning murakkab şaroitida monitoring olib borganlarni qutlaymiz», - dedi Bennett Freeman onlayn tartibda ötkazilgan davra suhbatida.
Uning qayd etişiça, ilk marotaba Özbekistonning ayrim tumanlaridagi paxta dalalarida majburiy mehnat kuzatilmagan. Bu esa, haqiqatda ijobiy hodisadir.
«Biroq, biz iqtisodiyotni tiklanganidan söng, majburiy mehnatni qisqartiriş uçun zarur bölgan işga yollaşning mustaqil tizimida katta olğa siljişni kuzatmadik. Şu bois, biz mazkur holatga katta e'tibor qaratişga çaqiramiz.
Şuningdek, tumanlar örtasida farqni kuzatdik. Ayrimlarida majburiy mehnatga yöl qöyilmadi, çunki ularda köngilli terimçilar soni yuqori edi, mas'ullar mas'uliyatni his qilişdi. Şu bilan bir vaqtda, boşqa bir tumanlarda majburiy mehnat bilan boğliq holatlar kuzatildi. Bu kabi holatlar joylardagi mavjud muammolarni namoyon qiliş orqali majburiy mehnatga batamom barham beriş mumkinligiga bölgan işonçni mustahkamlaşi kerak», - dedi Friman.
Cotton Campaign hammuassisiga köra, fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytiriş ham muhim vazifalardan biri bölib qolmoqda, çunki fuqarolik jamiyati imkoniyatlari çeklangan holda, hatto ayrim hollarda qat'iy nazoratda. Işçilar va fermerlar klasterlar tomonidan suiiste'molliklar qarşisida jamoaviy muzokaralar va aslida mehnat huquqlarini tuzatişga imkon beruvçi şikoyatlarga e'tibor qaratiş mexanizmlaridan töla foydalana olmasliklari bois ojizdek körinadi.
«Fikrimizça, islohotlarni tezlaştiriş va buni mehnat hamda inson huquqlarining töxtovsiz monitoringini amalga oşira oladigan NNTlarni sodda va tezroq röyxatdan ötkaziş vositasida fuqarolik jamiyatlarining kengroq iştiroki orqali ta'minlaş mumkin. Bundan taşqari, biz işçilarning huquqlari, jumladan jamoaviy muzokaralar ötkaziş huquqi va birlaşmalarga a'zo böliş, xususan, mustaqil kasaba uyuşmalariga a'zo böliş huquqlarini himoya qiliş kuçayganini olqişlaymiz», - dedi Benet Friman.

















