Bundan taşqari, AQŞ modalar industriyasi uyuşmasi prezidenti Juliya Xyuz fikriça, «Özbekiston işonçli global yetkazib beruvçi böliş imkoniga ega, ammo brendlar va çakana savdo qiluvçilar mas'uliyatli yetkazib beruvçilarni tekşira olişlari uçun monitoring va boşqaruvning şaffof modellari zarur».

Uyuşma vitse-prezidenti Neyt Hermanga köra, «brendlar majburiy mehnatga mutlaq toqatsizlik siyosatini yuritib kelmoqda va Özbekiston ötmişdagi amaliyot bilan boğliq xavotirlarni ortda qoldiriş uçun majburiy mehnat paxta yetkazib beriş zanjirini buzmasligi borasida yuqori darajada işonçni ta'minlay oladigan innovatsion modellarni joriy qilişi kerak».

 Hisobotda fermerlar haq-huquqlariga ham töxtalingan bölib, ularda klaster bilan şartnoma imzolaş borasida tanlov mavjud emasligi tanqid qilingan.

 «Har bir tumanda kamida bitta klaster faoliyat yuritadi. Şu bois, fermerlarda şartnoma imzolaş borasida tanlov yöq, ularda özlari yetiştirgan paxta narxini belgilaş böyiça nazorat yoki muzokara ötkaziş kuçi mavjud emas. Kamida bir holatda, mustaqil kooperativlarini taşkil etmoqçi bölgan fermerlar uşbu tumandagi klaster bilan şartnoma imzolaşdan boşqa çorasi yöqligiga doir mahalliy hokimiyat idoralaridan körsatma olişgan. Paxta yetiştirişni inkor qilgan fermerlar yerlari olib qöyiladi.

 Bundan taşqari, hukumat mayda va örta fermerlar yerlarini qişloq xöjaligi yuritiş uçun klasterlarga olib beriş siyosatini yuritmoqda. Bu esa, qişloq joylarda yaşaş vositalari uçun öta vayronkor oqibatlarga egadir. Bu jarayonlarda ayrim fermerlar qişloq xöjaligi işçilari sifatida klasterlarda işlamoqda. Bunda ular va ularning xodimlari qişloq xöjaligi ekinlari yetiştiriş, çorva boqiş va paxtaning qurigan ğözapoyalarini yiğib oliş imkoniyatidan mahrum bölmoqda», - deyiladi hujjatda.  

 AFL xalqaro ijroçi direktori Keti Feyngolddan keltirilgan iqtibosga köra, «Özbekiston özining şakllanayotgan tekstil sohasiga investitsiyalar va fuqarolariga iqtisodiy imkoniyatlar qidirar ekan, pastlik tomon korporativ poygaga yöl qöymaydigan faol mexanizmlarni barpo qilişda ongli yöl tutişi kerak».

 Hisobotda, şuningdek, dunyo tekstil brendlari qanday mamlakatdan mahsulotlarni olişni istaşiga ham oydinlik kiritilgan. Brendlar qat'iy monitoring uçun qulay muhitni hamda yetkazib beriş zanjiri standartlariga rioya qilişni ta'minlay oladigan kuçli mustaqil fuqarolik jamiyatiga ega bölgan mamlakatdan mahsulotlar olişni istaydi. Ammo, afsuski, uzoq vaqtdan buyon kutilayotgan NNTlar faoliyatini tartibga soluvçi yangi tahrirdagi Kodeks işlab çiqilganiça yöq.