Toşkentda yaşaydigan polşalik jurnalist Agneşka Pikulitska-Vilçevska 1 fevralda özining tvitterida qoldirgan xabarlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Unga köra, jurnalistga akkreditatsiya beriş masalasi 6 oygaça çözilgan, bu orada özini vazirlik xodimi sifatida tutgan Rustam ismli şaxs Agneşkaga tegajoğlik qilgan.
Jurnalistning aytişiça, «uning akkreditatsiya qilingan OAVdan boşqa OAV uçun ham işlaşi» akkreditatsiya berilmasligiga sabab bölgan.
Bundan taşqari, özini vazirlik xodimi sifatida taniştirgan Rustam ismli şaxs jurnalistga şilqimlik qilgani iddao qilindi.
«U rad javobini olsa-da, uçraşuv taklifi bilan xabar yozaverdi. Bir neça kundan keyin men işdan boşqa heç qanday aloqaga qiziqmasligimni aytdim. Uning javobi: «Nega? Yigitingiz bormi?» Men xuşmuomala bölişim kerak edi, oxir-oqibat men akkreditatsiya berilişini uzoq kutayotgandim», – deb yozgan Agneşka.
Polşalik jurnalistning sözlariga köra, öşa Rustam salbiy axborot köpayib ketganini aytib, jurnalistdan köproq ijobiy maqolalar tayyorlaşni söragan.
«Pandemiya avjiga çiqqan payt, korrupsiya böyiça nizolar, Özbekistonda odamlar yaşaş uçun kuraşayotgan payt, minglab odamlar Sardoba fojiasidan söng uy-joylaridan ajralgan. Millionlab muammolar orasida qanday qilib ijobiy maqola yoza olardim», – deya qöşimça qilgan u.
Ta'kidlanişiça, bularning barçasi unga akkreditatsiya bermaslik bilan tugadi.
Tvitterdagi çiqişidan söng, mustaqil jurnalistni Taşqi işlar vazirligiga suhbatlaşib oliş uçun taklif etişgan. 2 fevral kuni Agneşka vazirlikdagi suhbat maroqli ötgani, akkreditatsiya masalasi hamon oçiq ekanini bildirdi.
«Rustamning xatti-harakatlari böyiça tekşiruv ötkazişning iloji yöq ekanligini aytişdi… Rustam kimligini heç kim bilmaydi», — deb yozdi xalqaro jurnalist kunning birinçi yarmida.
Jurnalistning ijtimoiy tarmoqdagi çiqişiga Özbekiston Senati raisi, jamoatçilik vakillari munosabat bildirdi. Masalan, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonovda jurnalistning «şikoyati juda jiddiy xavotir uyğotgan». Allamjonov va Agneşka 2 fevral kuni Özbekistondagi faoliyati yuzasidan röy bergan vaziyatni atrofliça muhokama qilişgan.
















