Qatarga tegişli Al Jazeera telekanalining Özbekistondagi muxbiri, polşalik jurnalist Agneşka Pikulitska-Vilçevska Taşqi işlar vazirligi akkreditatsiyasini qölga kiritdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.
Avvalroq, polşalik jurnalist Taşqi işlar vazirligi xodimini şilqimlikda ayblab, akkreditatsiya masalasi olti oyda ham hal bölmaganini bildirgandi. Şuningdek, u öziga nisbatan bosim bölgani, ijobiy material yozişni sörab, qistov qilinganini aytgan.
Holat yuzasidan Senat raisi Tanzila Norboyeva, jamoatçilik taşkiloti rahbari Komil Allamjonov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantiriş agentligi öz munosabatini bildirgan.
2 fevral kuni e'lon qilingan TIV munosabatida esa jurnalistga tegajoğlik qilgan xodim işdan böşatilgani ta'kidlanib, akkreditatsiya masalasi bir kunda hal bölişi ma'lum qilingandi.
2020 yil 28 aprel holatiga köra, TIV akkreditatsiyasidan ötgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari soni 53 nafarni taşkil etgan. Ularning köpçiligi Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlariga tegişli OAV uçun işlaydi.













