Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq, Şuhrat Xoldaroviç Otaboyev Özbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Şuhrat Otaboyev endilikda prezident maslahatçisi Ravşan Ğulomovning örinbosari sifatida iş boşlaydi. U şu paytgaça «Ipoteka bank» ATIB boşqaruv raisi sifatida işlab kelayotgandi.
Şuhrat Otaboyev 1978 yilda tuğilgan. Dastlab, Toşkent moliya instituti (2000 yil), keyinçalik Yaponiyaning Siyosiy fanlar Milliy instituti (2005 yil) hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini (2010 yil) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-örta maktabda ingliz tili öqituvçiligidan boşlagan. 1998 yildan boşlab Toşkent davlat texnika universiteti «Kamolot» jamoat markazida boş hisobçi bölib faoliyat yuritgan.
2001-2012 yy. Özbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. Otaboyev 2015-2017 yillarda «Xalq banki» AT boşqaruvi raisi örinbosari etib tayinlangan. 2017 yil iyunidan 2018 yil 14 noyabriga qadar Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi raisi örinbosari lavozimida işlagan.
2018 yil 14 noyabrdan e'tiboran «Ipoteka bank» ATB raisi lavozimiga tayinlangan.
Ma'lumot uçun, şu vaqtgaça Ravşan Ğulomovning ikki örinbosari bor edi: Galina Karimovna Saidova va Obid Arziquloviç Hakimov
Avvalroq, Xalq ta'limi vaziri lavozimida işlagan Dilşod Kenjayev hamda Içki işlar vaziri örinbosari lavozimida işlagan Doniyor Qodirov prezident maslahatçilariga örinbosar etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

















